aralashmaydi, lekin tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy
sharoitlarni yaratish davlatning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi. Avtomobil va temir yo‘llar,
elektr tarmoqlari, gaz va suv quvurlari, aloqa tarmoq mavjudligi bunday hududlarda
tadbirkorlikning rivojlanishiga katta yordam beradi. Hozirda mamlakatimizda qishloq aholi
punktlarini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda.
Ikkinchi yo‘nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan mintaqalar,
xususan, yirik shaharlarga nisbatan cheklash usullarini qo‘llash (ma’muriy yoki moliyaviy
cheklashlar orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga yangi sanoat korxonalarini
joylashtirishga chek qo‘yish orqali hududiy tafovutlar kuchayishining oldi olinadi. Mazkur usul
dunyoning deyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida aglomyeratsiya markazlariga nisbatan
keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonda yirik va katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini
joylashtirishning oldini olish, kichik shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini
rivojlantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Uchinchi yo‘nalish - muammoli mintaqalarga sanoat korxonalarini joylashtirish maqsadida
xorijiy va xususiy sarmoyalarni jalb etishni rag‘batlantirishahri. Mazkur yo‘nalish iqtisodiyotning
turli tarmoqlariga mansub korxonalarni joylashtirishda davlat tomonidan muhim e’tibor
beriladigan asosiy yo‘nalish hisoblanadi.
Respublikamiz iqtisodiyotida ham bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan boshqa mamlakatlardagi
singari “samarali” usulni qo‘llash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘plab
foydalanilmayotgan zaxiralar ishga tushirilmoqda; yangi korxonalar asosan kommunikatsiyalar
bilan yaxshi ta’minlangan kichik va o‘rta shaharlarga joylashtirilmoqda; qishloq xo‘jaligida tabiiy-
iqlim sharoitiga mos ekinlar ekish joriy etilmoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin, birinchi navbatda boy tabiiy-iqtisodiy
salohiyatga ega hudud va shaharlarni rivojlantirish, mintaqalar iqtisodiy taraqqiyotidagi
tafovutlarni kamaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Qishloqda sanoatni, birinchi navbatda
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalarni ishga tushirish, ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilma tizimini shakllantirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, respublikamizning turli hududlari maydoni, aholi soni, tabiiy-iqlim sharoiti,
infratuzilma obektlari bilan ta’minlanishi, shaharlashuv darajasi, aholining turmush sharoiti va
boshqalarga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Jumladan, mamlakat ma’muriy-hududiy birliklari
o‘rtasidagi aholi zichligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent viloyatining Toshkent
tumaniga to‘g‘ri kelsa (1 km2 maydonda 767 kishi), aksincha eng siyrak mintaqa Navoiy
viloyatining Tomdi tumani (1 km2 maydonda 0,58 kishi) hisoblanadi.
Aholi tabiiy ko‘payishida shahar va qishloq o‘rtasidagi tafovutlar yaqqol sezilib turadi.
Xususan yirik, sanoatlashgan va mahalliy millat vakillari nisbatan kam istiqomat qiladigan
shaharlarda aholi tabiiy ko‘payishi qishloq joylarga nisbatan bir necha bor past ekanini
ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Toshkent viloyatidagi Olmaliq, Ohangaron, CHirchiq
shaharlarida tabiiy o‘sish respublika o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan 3-5 marta kamdir.
Samarqand viloyati Urgut tumani aholi soni bo‘yicha mamlakat ma’muriy-hududiy birliklari
orasida eng yuqori o‘rinni egallaydi. U erda 335 ming kishi istiqomat qiladi. Buxoro viloyati
qorovulbozor tumani esa, aksincha, aholisi eng kam hudud hisoblanadi. U erda 13,6 ming kishi
yashaydi.
Umuman, har bir tuman yoki shaharning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bu kabi misollarni
yana ko‘plab keltirish mumkin. Mamlakatning mintaqaviy-iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirishda ularning mana shunday alohida jihatlari albatta hisobga olinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: