Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
16.DAVLATNING MINTAQAVIY SIYOSATI VA HUDUDLAR RIVOJLANISHINING 
ISTIQBOLLARI 
 
REJA: 
1.Mintaqaviy iqtisodiyot. 
2.Davlatning mintaqaviy siyosatining mohiyati, prinsiplari va maqsadlari. 
3.Hududlararo mehnat taqsimotini oqilonalashtirish va ishlab chiqaish kuchlarini joylashtirish.
4.O‘zbekistonda mintaqaviy siyosatini o‘ziga xos xususiyatlari. 
16.1.Mintaqaviy iqtisodiyot 


Mintaqaviy iqtisodiyot muayyan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etadi
ijtimoiy va iqtisodiy omillarni o‘rganadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi 
mamlakat xo‘jaligining hududiy tashkil etilishi bilan chambarchas bog‘liq. Mintaqaviy iqtisod va 
siyosatning nazariy va amaliy muammolarini o‘rganish (renta munosabatlari, hududiy ijtimoiy 
jarayonlar va h.k.) iqtisod nazariyasini yanada boyitadi, yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini 
beradi.
Shuning uchun mintaqaviy iqtisodiyotda ko‘pgina iqtisodiy omillarni (mehnat unumdorligi 
o‘sishi, milliy daromadni hududiy taqsimlash, renta munosabatlari, asosiy fondlarning tarkibi va 
samaradorligi, baho va tariflarning hududiy tafovutlari va h.k.) chuqur tahlil etiladi va shular 
asosida ushbu fan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. 
Mintaqaviy iqtisodiyot bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borishda bir qancha ilmiy uslublardan 
foydalaniladi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar: 
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tishi munosabati bilan mintaqaviy iqtisodiyot fanining 
ahamiyati ortib bormoqda. Mintaqalarni o‘rganishda hozirgi paytda ularda ro‘y berayotgan holatni 
chuqur (qaysi jihatlari ortayotganini) tushunish lozim. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida 
O‘zbekistondagi har bir mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha. Masalan, Toshkent 
shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari asosiy xalq xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishiga ko‘ra 
respublikaning boshqa mintaqalaridan oldinda turadi. Aksincha, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax 
viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha quyi o‘rinlarni egallaydi.
Qishloq xo‘jaligida ortiqcha ishchi kuchlari mavjudligi – Farg‘ona vodiysi viloyatlari oldidagi 
dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa, aksincha, qishloq 
xo‘jaligini xodimlar bilan ta’minlash jiddiy muammo bo‘lib turibdi. Navoiy viloyatida ishsizlik 
darajasi yuqori.
Hozirgi vaqtdagi mintaqaviy siyosatning muhim vazifalaridan yana biri – iqtisodiy 
kooperatsiya va mintaqalararo hududiy mehnat taqsimotini takomillashtirishdan iborat. Mintaqalar 
rivojlanishidagi eng muhim vazifalardan biri - turli hududlar aholisining turmush darajasi bo‘yicha 
tafovutlarni bartaraf etishdan iborat. Ushbu vazifani bajarishda rivojlanish darajasi past bo‘lgan 
hududlarni rivojlantirish uchun maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tabiiy 
resurslarga boy mintaqalarda hududiy ishlab chiqarish mintaqalarini tashkil etish muhim 
ahamiyatga ega. 
U muayyan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etadi, ijtimoiy va iqtisodiy 
omillarni o‘rganadi. Mintaqaviy iqtisodiyot iqtisod nazariyasi, sotsiologiya, tarmoqlar iqtisodi
iqtisodiy geografiya, demografiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqador. Bozor 
munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo‘jaligining hududiy tashkil etilishi 
bilan chambarchas bog‘liq. Mintaqaviy iqtisod va siyosatning nazariy va amaliy muammolarini 
o‘rganish (renta munosabatlari, hududiy ijtimoiy jarayonlar va h.k.) iqtisod nazariyasini yanada 
boyitadi, yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy va demografik 
yo‘nalishdagi tadqiqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin