nisbatan olib borgan qattiq nazorati va siyosati tufayli, Kongress
Savdo federal komissiyasi (SFK) to`g`risidagi qonunini (1914 yilda)
qabul qilinishi bilan komissiyaga monopoliyaga qarshi qonun
hujjatlarini buzganligi uchun nazorat olib borish huquqi berildi.
Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limi ham Savdo
federal komissiyasi ham Sherman qonunini nazorat qilish bilan
shug`ullanib, barcha monopol mavqeiga ega bo`lgan korxona va
korporatsiyalarning kartelli kelishuvlari, narxlarni xufyona kelishish
yo`llari bilan o`rnatish bo`yicha hamda narxlarni sun`iy ravishda
kamaytirish yoki ko`tarish yo`lidagi kelishilgan xatti-harakatlar
ustidan nazorat va qidiruv tergov ishlarini olib borish bilan
shug`ullanadi.
Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limi faoliyati
asosan quyidagi tarmoqlarga qaratilgan:
-
transport, avialiniyalar, energiya, qishloq xo`jaligi;
-
telekommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari;
-
texnologiyalar va aloqa tarmoqlari.
Savdo federal komissiyasi esa iqtisodiyotning:
-
energetika sohasi – aholi va ishlab chiqarish uchun, gaz va
neft , elektr energiyasi;
-
sog`liqni saqlash va dori-darmon retseptlari bo`yicha;
-
ulgurji savdo, iste`mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarish sohasi;
-
yuqori texnologiyalar sektori, komp yuterlar, internet, kabelli
televideniyalar va programmalashtirish sohasi kabi tarmoqlarini
nazorat qiladi.
AQShning Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limini
bosh adliya yordamchisi (bizning sharoitda Adliya vaziri
o`rinbosari) boshqaradi va u Prezident tomonidan tayinlanadi, uni
Kongress tasdiqlaydi.
Savdo federal komissiyasining o`zi ham sud yalarni yollash
orqali ishlarni tahlil qilish va qidiruv o`tkazish, sud qilish kabi
amaliyotlarni qo`llash vakolatiga ega.
Dostları ilə paylaş: