U - avtonom iste`mol deb ham ataladi, chunki u daromadga bo`gliq emas;
S - iste`molga bo`lgan chekli moyillik.
Keynscha nazariyaning daromad va bandlik darajasini belgilovchi asosiy tenglamasi
quyidagi ko`rinishga ega:
U = S (Y) = 1.
Agar iste`mol funktsiyasi chiziqli funktsiya ekanligini nazarda tutadigan bo`lsak, u
holda yuqorida keltirilgan asosiy tenglama mana shunday ko`rinishda ifodalanadi:
Y q A Q S x Y Q 1 .
Demak, sarmoyalar hajmi va iste`mol funktsiyasi ko`rinishi
daromad va bandlik
darajasini belgilovchi omillar ekan. Investitsiyalar hajmining o`zgarishi milliy daromadning
ham ana shu yo`nalishda o`zgarishiga olib keladi.
Keyns nazariyasiga ko`ra, mul tiplikator jam`garishga bo`lgan chekli moyillikka teskari
kattalikdir yoki 1 soni bilan iste`molga bo`lgan chekli moyillik o`rtasidagi farqqa teskari
kattalikdir, ya`ni:
M =
MPS
1
yoki M =
MPC
1
1
.
Mul tiplikativ effekt har bir qo`shimcha mabla`g tovarlarga bo`lgan talabning ortishiga,
u ham, ravshanki, (ishlab chiqarish omillaridan to`la foydalanilmayotgan sharoitda) o`ziga
teng ravishda daromad ortishiga olib kelishini ko`rsatadi.
Ammo daromadning ortishi, o`z
navbatida, daromadi oshgan kishilar tomonidan iste`molning kengayishiga olib keladi:
MPC =
Y
C
S = MPC x
Y
Agar
Y
q 50, MPC = 0,5,
I
= 50 bo`lsa, u holda
C
q 25.
Bu yerda agar iste`mol ortsa, u holda jami talab ham va demak, daromad ham
ortishini ta`kidlab o`tish joiz.
Inqirozlarni bartaraf etish uchun Keyns “samarali talab” ni shakllantirish, ya`ni kapital
mabla`glarini va iste`molni eng ko`p darajada ra`gbatlantirish zarur ekanligini taklif qildi.
Uning fikriga ko`ra, sarmoyalar orttirish bandlikning o`sishiga va daromadning ortishiga olib
keladi. Daromad ortishi jam`garmalar
shaklida emas, balki investitsiya sifatida sarflanishi
uchun buyuk iqtisodchi olim qarz foizi me`yorini pasaytirishni taklif qildi. U davlat
aralashuvini “samarali talab” ga, va, demak, to`la
bandlikka erishish vositasi, deb bildi.
«Davlat, - deb yozgan edi J.Keyns, - iste`molga bo`lgan moyillikka nisbatan o`zining rahbarlik
ta`sirini qisman mos tizim yo`li bilan, qisman foiz me`yorini belgilash bilan va qisman, ehtimol,
yana boshqa usullar bilan ro`yobga chiqarishi lozim bo`ladi»
1
.
U past foiz me`yori orqali yuqori foyda olishni ta`minlaydi, tadbirkorlarda optimistik kayfiyatni
kuchaytiradi, ularning sarmoya solishga bo`lgan moyilligini qo`llab-quvvatlaydi
va yuksalish holatini
ushlab turadi, deb hisobladi.
Keyns davlat byudjeti orqali byudjet kamomadi paydo bo`lishidan hayiqmagan holda katta
xarajatlar qilish taklifi bilan chiqdi. Bunda u byudjet kamomadi qo`goz pullarni qo`shimcha
muomalaga chiqarish yo`li bilan qoplanishini nazarda tutadi. Uning fikricha, davlat kapital mabla`glari
foiz me`yorini pasaytirib, yuksalish holatini uzaytiradi. Bularning
barchasi inqirozning oldini
olishga xizmat qiladi.
Zamonaviy keynschilar soliqlar, davlat xarajatlari, byudjet kamomadi, davlat qarzi davlat yo`li
bilan boshqarishning asosiy vositalari, deb hisoblaydilar. Ularning ta`kidlashicha, sanoat yuksalishi
davrida daromadlar ortgan sari soliq tushumlari ham ko`payib boradi. Bu esa ortiqcha talab va ortiqcha
1
Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. Пер-с англ. –М.: «Иностранная литература», 1948. -
С. 364.
ishlab chiqarishning paydo bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Inqirozning boshlanishi ishsizlikning ortib
borishi davlat byudjetidan ishsizlik bo`yicha nafaqa to`lovlarining ortib borishiga olib keladi. Bu esa
to`lovga qobiliyatli talabning kamayishiga qarshilik qiladi. Shuning uchun ular tomonidan
moliyaviy kompensatsiya o`rnini qoplash siyosati va kamomadli moliyaviy ta`minlash
nazariyalari
ol`ga surilmoqda.
Dostları ilə paylaş: