ya`ni
pulni aholidan qarzga olib, byudjet kamomadini hosil qiladilar. Bunda davlat fondlar
uchun xususiy biznes bilan raqobatli kurashga kirishadi.
Shu tariqa davlat qarzlari pulga bo`lgan talabni kengaytiradi, foiz stavkasini oshiradi
va, demak, ko`p miqdordagi xususiy kapital mabla`glarni siqib chiqaradi, aks holda ular
foydali bo`lar edi. Demak,
monetarchilar fikricha, byudjet kamomadining jami xarajatlarga
bo`lgan ta`siri pirovard natijasini oldindan aytib bo`lmaydi yoki u sezilmaydi. Agar kamomad
yangi pullarni muomalaga chiqarish bilan qoplansa, siqib chiqarish effekti sodir bo`lmasligi
mumkin va kamomaddan so`ng iqtisodiy faoliyatning kengayishi yuz berishi mumkin. Ammo
bunday kengayish faqat qo`shimcha pullar yaratish tufayligina amalga oshadi
1
.
Monetarizm
nazariyasiga
muvofiq
iqtisodiy
beqarorlik
aksariyat
hollarda
iqtisodiyotning ichki o`zgaruvchanligiga nisbatan noto``gri pul-kredit boshqarilishi tufayli
yuzaga keladi: birinchidan, o`zgaruvchan vaqt laglari mavjudligi. U shuni bildiradiki,
bunda
pul-kredit ta`siri bevosita berilsa-da, pul taklifidagi o`zgarishlar nominal SMMga uzoq va
noma`lum vaqt orali`gidan so`ng ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun vaqt lagining noma`lum
muddatida, monstarchilar fikricha, iqtisodiyotni davriy (tsiklik) yuksalish va pasayishga
moslashtirish uchun diskret pul -kredit siyosatidan foydalanish aksincha samara berishi va
davriy (tsiklik) tebranishlarni kuchaytirishi mumkin. Ikkinchidan,
Federal zaxira tizimi foiz
stavkasini barqarorlashtirishga urinib, iqtisodiyotni beqarorlashtirish va inflyatsiya
jarayonlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin
1
.
Shuning uchun monetarchilar hukmron pul-kredit muassasalari foiz stavkasini
barqarorlashtirish o`rniga pul taklifi o`sishi sur`atlarini barqarorlashtirishlari zarur, degan
xulosaga keldilar. Bunga bo`gliq holda M.
Fridman monetar qoidalarni
2
qonun yo`li bilan
belgilash taklifi bilan chiqdi, unga ko`ra pul taklifi har yili YaMM o`sishi mumkin bo`lgan
sur`atda oshishi, ya`ni pul taklifi barqaror ravishda yiliga 3-5%ga kengayishi, lozim.
Demak, monetarchilar fikriga ko`ra, pul taklifini berilgan sur`atda doimiy ravishda
oshirib borish, xarajatlarni har qanday inflyatsiya yo`li bilan oshirish mabla`glar
yetishmasligi tufayli o`z-o`zidan yo`qolib ketadi.
Dostları ilə paylaş: