Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Shu boisdan ham I.A. Karimov iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga beshta muhim



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 Shu boisdan ham I.A. Karimov iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga beshta muhim 
tamoyilni asos qilib oldi. Ulardan biri demografiya sohasidagi real ahvolni, aholining 
turmush darajasini hisobga olgan holda ularni ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-
tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir. 
Davlat ijtimoiy siyosatida aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy yo`nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
- davlat ijtimoiy iste`mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir a`zosi 
foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish; 
- davlatning markazlashgan ijtimoiy su`gurta fondini tashkil etish; 
- ko`rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan beriladigan 
imtiyozlar; 
- ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi; 
-
ko`p bolali oilalarga to`lanadigan nafaqalar; 
-
kam ta`minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko`rsatish; 
- bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo`qotganlarni ijtimoiy qo`llab-
quvvatlash; 
-
talabalar uchun to`lanadigan davlat stipendiyalari; 
-
ishsizlik nafaqasi; 
-
eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarining belgilangan narxlarda sotilishini 
ta`minlash; 
-
ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjet hisobidan qoplash; 


- ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (so`gliqni saqlash, ta`lim, jismoniy tarbiya, sport 
va madaniyat) moddiy bazasini qo`llab-quvvatlash va mustahkamlash. 
Shuni ta`kidlab o`tish joizki, davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy-madaniy, aholini ijtimoiy 
himoya qilish tadbirlariga ajratilgan xarajatlar ulushi 1990 yildagi 31,5% dan 2012 yilda 59%ga 
o`sgan. 
Endilikda kuchli ijtimoiy siyosat aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, 
ishonchli, aniq manzilli, ya`ni shunga muhtoj aholi guruhlarini ijtimoiy himoya qilishga 
qaratiladi. 
Buning uchun aholi daromadlari va mehnat haqlarining faol iqtisodiy faoliyatni 
ra`gbatlantirishdagi rolini oshirish lozim bo`ladi. Shuningdek, aholining oqilona, samarali ish 
bilan bandligini ta`minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ra`gbatlantirish, iqtisodiyotning aniq sektorida yangi ish
o`rinlarini yaratish, mehnat bozori infratuzilmalari, shu jumladan, mehnat birjalari faoliyati 
samaradorligini oshirish lozim bo`ladi. Kam ta`minlangan aholini maqsadli, ishonchli ijtimoiy 
himoyalash uchun, avvalambor, aniq ehtiyojlardan va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda 
muhtoj oilalarga subsidiya, mikrokreditlar berish, ularga mikrofirma, kichik korxona, fermer 
xo`jaliklarini tashkil etishlari uchun sharoitlar yaratish kerak bo`ladi.
Davlat turli soliq, kredit imtiyozlari tizimini yaratish orqali fuqarolarning, jamoat 
tashkilotlari hamda xo`jalik sub`ektlarining homiylik, xayriya ishlariga mabla`glar ajratishlarini 
ra`gbatlantirish chora-tadbirlarini kuchaytirishi ham maqsadga muvofiqdir. 
Asosiy tushuncha va atamalar 
Ijtimoiy soha, ijtimoiy-madaniy maqsadlarga davlat xarajatlari, aholini ijtimoiy himoyasiga 
xarajatlar, hayot kechirish minimumi, eng kam ish haqi, yuqori narx, eng kam pensiya, so`gliqni 
saqlashga xarajatlar, qashshoqliq. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.
Ijtimoiy sohaning qaysi elementlarining rivojlanishiga faqatgina davlat samarali ta`sir 
eta olishi mumkin? 
2.
Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning zarurati nimalar bilan bo`gliq? 
3.
Jamiyat rivojlanishida inson omili rolining oishi nimalarga bo`gliq? 
4.
Mehnat bozori nima va uning asoaiy elementlari nimalardan iborat? 
5.
Mehnat bozori davlat tomonidan qanday tartibga solinadi?
6.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan hozirgi davrda rivojlangan 
mamlakatlarda ishsizlikning o`sib borishi sabablarini izohlab bering. 
7.
O`zbekistonda aholining ish bilan bandligini oshirish uchun qanday tadbirlar amalga 
oshirilmoqda? 
8.
O`zbekistonda yoshlarni ish bilan ta`minlash borasida nimalar amalga oshirilmoqda? 
9.
Davlatning daromadlar siyosatiningmazmunini tushuntirib bering. 
10.
.Davlat aholi daromadlarini oshirish bo`yicha qanday siyosat yuritmoqda? 
11.
O`zbekistonda aholi daromadlari va turmush darajasining o`sishi tendentsiyalarini 
izohlab bering.
12.
.Ijtimoiy himoya siyosatining mohiyatini tushuntirib bering. 
13.
O`zbekistondakam ta`minlangan aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmi va 
samaradorligini tushuntirib bering. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin