- oila va shaxs darajasidagi mamlakat fuqarolari har birining iqtisodiy manfaatlari.Xulosa
qilib, keng ma`noda iqtisodiy xavfsizlikni milliy iqtisodiyotning samarali, dinamik o`sishiga,
uning jamiyat, davlat, shaxs ehtiyojlarini qondirishning, tashqi bozorda raqobatga bardoshliligini
ta`minlovchi, turli tahdid va yo`qotishlardan kafolatlovchi ichki va tashqi sharoitlar yi`gindisi deb
ta`riflash mumkin bo`ladi.
11.2. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo`lish shakllari va ko`rsatkichlari
Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo`lish shakllarini uning sub`ektlari va ob`ektlari nuqtai
nazaridan turkumlash mumkin. Iqtisodiyot sub`ektlari nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlik
quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
- shaxsning iqtisodiy xavfsizligi;
- korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi;
- davlatning iqtisodiy xavfsizligi (11.2.1-chizma).
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi uning hayotiy manfaatlarining, ya`ni yashash va shaxsiy
dahlsizlik, erkin mehnat qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shu`gullanish, mulkdor bo`lish, hayotiy
iste`mol ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, bilim olish va kasbga ega bo`lish, qariganda
va mehnat layoqatini yo`qotganda ijtimoiy ta`minot olish huquqlarining himoyalanganligini
ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: