ko`mir mahsulotlaridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish,
tarmoqqa investitsiyalarning kirishi va raqobatli xizmat ko`rsatishi
uchun shart-sharoitlarni yaratishda ko`maklashish
kabi vazifalar
belgilab berilgan.
Xuddi shu kabi nazorat organlari O`zbekiston havo va temir
yo`llari tizimi bo`yicha hamda kommunal sohasida mavjud bo`lib,
ushbu nazorat inspektsiyalarining funktsiyasi ham yuqoridagilar kabi
tegishli tizim faoliyati ustidan kuzatish olib borish, tarmoqlarning
ishlab chiqarishi uchun xavfsizlikni ta`minlash, kelajak yo`nalishini
belgilashda faol ishtirok etish kabi vazifalarni bajarishga qaratilgan.
2
.
Amalga
oshirilayotgan
asosiy
chora-tadbirlar
O`zbekiston
Respublikasining
«Tabiiy
monopoliyalar
to`g`risida»gi qonuni talablari ijrosini ta`minlash maqsadida 2007
yilda Qo`mita tomonidan o`tkazilgan tekshirishlar soni o`tgan
yilning shu davriga nisbatan bir muncha kamaygan bo`lsada,
biroq
tekshirishlar natijasida aniqlangan qonun buzilish holatlari salmog`i
58 foizdan 86 foizgacha o`sgan.
Keyingi yillarda ayrim tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyati
ustidan olib borilgan nazorat va tahlil ishlari natijasida qonunning
bir qator moddalari buzilganligi aniqlanib, qonun talablariga
muvofiq ularga nisbatan katta miqdordagi jarima summalarini
qo`llashga va qonun talablariga rioya qilishlari
yuzasidan tegishli
ko`rsatmalar berilishiga olib kelgan.
3
.
Qonun
buzilish
holatlarining tahlili
Agar ilova qilinayotgan jadvalga e`tibor bersak, qonun
buzilish holatlarining aksariyat tarkibini, tabiiy monopoliya
sub`ektlari tomonidan o`z mavqeidan suiiste`mol qilish maqsadlarda
foydalanishi, belgilangan narxlarga rioya etmaslik (7-modda) yoxud
ularni oshirishga harakat qilishlari (69,8%), yoki xizmat ko`rsatishni
asossiz rad etish (9-modda), iste`molchilarning huquqlarini
kamsitish, ulardan ortiqcha haq undirish (16-modda) bilan bog`liq
shartlarni qo`yishlari (12,9%) tashkil etadi.
Bu holatni ayrim vazirlik bo`yicha olib ko`rsak, 1999, 2001 va
2007 yillarda O`zbekiston Pochta
va Telekommunikatsiyalar
agentligi tizimida qonun talablariga rioya etilishi tahlil qilinganda,
bu davrlarda tahlil qilingan korxonalarda qonun buzilish holatlari
71,4 foizdan 82,7 foizga o`sganligi, noqonuniy daromadlar miqdori
10 barobarga (403,6 mln. so`mga) oshganligini ko`rish mumkin.
4
.
Qonun
buzilish
holatlarining ro`y berish
sabablari
Bunga sub`ekt o`z
monopol mavqeidan foydalanishi, avvalgi
yillardagi jarimalardan tegishli xulosa qilmasdan narxlarni yana
asossiz ravishda shakllantirishi, yuqori noqonuniy daromad olish
bilan shug`ulanishi, iste`molchilar haq-huquqini mensimasliklari va
h.k.larni sabab sifatida ko`rsatish mumkin.
Tabiiy monopoliya sub`ektlari
haligacha qonun talablarini
to`liq tushunib yetmaganlar. Bu esa o`z navbatida qonun
talablarining bajarilishini ustidan nazorat qilishni kuchaytirish,
kuzatuv, tushuntirish ishlarini muntazam olib borilishini zaruriyat
qilib qo`ymoqda.
Dostları ilə paylaş: