Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Jahon bozori kon`yunkturasi

jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi 
talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o`zgarish tendentsiyalari. 
Joriy kon`yunktura
– 
muayyan davrda tovarlarga bo`lgan talab va taklifning tarkibi, 
dinamikasini shakllantiruvchi iqtisodiy sharoit va omillar majmui. Joriy kon`yunktura ayni 
davrdagi milliy va jahon iqtisodiyotining u yoki bu omillaridan tarkib topgan vaqtinchalik 
vaziyatni ifodalaydi. 
Ijtimoiy soha obektlari
 
– aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta`minlashga 
xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog`liqni saqlash, 
maorif, sport, madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin. 
Ijtimoiy hamkorlik
 
– xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo`lgan, turli millat, irq va dinga 
mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo`lidagi hamjihatligi. 
Iqtisodiy o`sish
 – 
real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga to`g`ri 
keladigan real yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o`sishi. 
Import
– mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini, kapitalini, 
texnologiyasini va xizmatlarni olib kelish. Import xalqaro mehnat taqsimoti natijasidir. U vaqtni 
tejashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga 
ko`maklashadi. 
Investitsion soliq krediti
– 
soliq majburiyati bo`yicha to`lash muddatini o`zgartirish 
imkoniyati beriladi, agarda soliq to`lovchida belgilangan tartibdagi asos bo`lsa, u holda soliq 
to`lovlarini kamaytirilgan holda ma`lum bir vaqt ichida bosqichma – bosqich to`lash mumkin 
bo`ladi. 
Inson omili
– 
amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo`nalishi va 
samaradorligining pirovard natijasini belgilab beruvchi asosiy tamoyil. Inson omili tarkiban ikki 
muhim jixatni o`z ichiga oladi. Birinchi jihat O`zbekistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta`lim va 
sog`liqni saqlash, nafaqa bilan ta`minlash tizimini, aholini ekologik va boshqa xavf-xatardan 
himoya qilishdan iborat. Davlatning doimiy e`tiborini o`zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi 
ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o`z ishtiroki, bunyodkorligi, yaratish zavqi, sa`y-
harakatlari va shijoatini ifodalanishini nazarda tutadi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin