Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Savollar, topshiriqlar va ularga javoblar



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Savollar, topshiriqlar va ularga javoblar 
1. «Xorijiy mamlakatlarda tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga solish 
tajribasi» 
holati tahlili jadvali.
№ 
Tahlil yo`nalishi 
Tahlil natijalari 


1. 
Tabiiy monopoliya 
sub`ektlarining qonunga 
rioya etmaslik holatlari 
ustidan nazorat va chora-
tadbirlar 
Xorijiy mamlakatlarda davlat tomonidan joriy etilgan tartibga 
ko`ra, tabiiy monopoliya sub`ektlarining qonunga rioya etmaslik 
holatlari ustidan qattiq nazorat o`rnatilgan bo`lib, «raqobatni 
cheklashga qaratilgan kelishib qilingan barcha harakatlari» uchun 
antimonopol yoki boshqa nazorat xizmati organlari tomonidan 
tegishli jazo chora-tadbirlari ko`zda tutilgan.
Misol uchun, AQShda qasddan raqobatni cheklash hamda o`z 
mavqeini suiiste`mol qilishga qaratilgan har qanday monopolist 
korxona (korporatsiya)ga nisbatan sudning qarori bilan 10 million 
dollar miqdorida, jismoniy shaxslariga nisbatan 350 ming dollar 
miqdorida jarimaga tortish yoki ularga nisbatan 3 yillik qamoq jazosi 
qo`llash ko`zda tutilgan.
Evropa komissiyasining 1988 yil 21 dekabrdagi qarori bilan 
bir qator yirik neft -kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi monopol 
korxonalarga nisbatan «yashirin mahsulot sotish savdosida 
qatnashishlari bo`yicha shartnomalar tuzilganligi uchun va uning 
oqibatida kartelli kelishuvlarga yo`l qo`yganliklari uchun» 
qatnashchilarning barchasiga jami 60,5 mln. ekyu miqdorida jarima 
qo`llanilgan. 
2. 
Nazorat 
ostiga 
olingan asosiy faoliyat 
yo`nalishlari 
Xorijiy mamlakatlarda ko`pchilik antimonopol yoki tegishli 
nazorat 
xizmati 
organlari 
asosan monopol 
korxona 
yoki 
korporatsiyalarning iqtisodiy kontsentratsiyalashuvi, qo`shilishi, 
birlashishi ustidan qattiq davlat siyosatini olib borishadi.
3. 
Nazorat 
qilish 
amaliyotining 
qo`llanilishi 
Nazorat qilish amaliyoti har xil qo`llaniladi. Misol uchun, 
AQShda har bir monopol tarmoqlarni tartibga soluvchi maxsus 
komissiyalar faoliyat yuritib, ular bevosita nazorat funktsiyasini ham 
bajaradi. «Energetika departamenti to`g`risida»gi Kongressning 
(1977 yildagi) qonuniga asosan, Energetikani tartibga solish 
bo`yicha federal komissiyasi qoshida energetika departamenti ham 
tuzilib, uning vazifasi yoqilg`i energiyalarini magistrallar orqali 
uzatish va ularga tariflarini belgilash orqali nazorat qilish kiradi. 
Lekin, har bir shtat o`zi iste`mol qilgan elektr energiyasiga o`zi tarif 
belgilaydi, shunga ko`ra 50 ta shtatning elektr energiyasi tariflari 50 
xil bo`lishi mumkin.
Aeroport xizmatlarini nazoratga olish bo`yicha avval maxsus 
transport departamenti shug`ullanib, keyinchalik bu funktsiyalar 
adliya departamenti nazoratiga o`tkazildi.
Shuningdek, AQShda issiqlik energiyasi ta`minoti bo`yicha 
tabiiy monopol tarmoq hisoblanmaydi, chunki har qanday 
iste`molchi issiqlik energiyasi bilan avtonom isitish uskunalariga 
ega. 
Xuddi 
shunga 
o`xshash,
ko`mir bo`yicha ham sohada bir qancha o`zaro raqobatchi 
kompaniyalar xizmat qilishini hisobga olib tarmoq nazoratga 
olinmaydi.
Bundan tashqari pochta xizmati ham monopol tarmoq 
hisoblanmaydi, chunki tarmoqda to`liq raqobat muhiti yaratilganligi 
uchun davlat nazorat o`rnatilmagan, faqat pochta tariflari bo`yicha 
maxsus komissiya mustaqil ravishda tariflarni belgilab turadi.
4. 
Nazorat 
qiluvchi 
idoralar tavsifi 
AQShda Sherman qonuniga binoan barcha monopoliya 
sub`ektlari nazorat qilinib, Adliya departamenti huzuridagi antitrest 
bo`limiga uni nazorat qilib borish yuklatilgan.
Biroq, Adliya departamentining monopoliya sub`ektlariga 


nisbatan olib borgan qattiq nazorati va siyosati tufayli, Kongress 
Savdo federal komissiyasi (SFK) to`g`risidagi qonunini (1914 yilda) 
qabul qilinishi bilan komissiyaga monopoliyaga qarshi qonun 
hujjatlarini buzganligi uchun nazorat olib borish huquqi berildi. 
Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limi ham Savdo 
federal komissiyasi ham Sherman qonunini nazorat qilish bilan 
shug`ullanib, barcha monopol mavqeiga ega bo`lgan korxona va 
korporatsiyalarning kartelli kelishuvlari, narxlarni xufyona kelishish 
yo`llari bilan o`rnatish bo`yicha hamda narxlarni sun`iy ravishda 
kamaytirish yoki ko`tarish yo`lidagi kelishilgan xatti-harakatlar 
ustidan nazorat va qidiruv tergov ishlarini olib borish bilan 
shug`ullanadi.
Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limi faoliyati 
asosan quyidagi tarmoqlarga qaratilgan: 
-
transport, avialiniyalar, energiya, qishloq xo`jaligi; 
-
telekommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari; 
-
texnologiyalar va aloqa tarmoqlari. 
Savdo federal komissiyasi esa iqtisodiyotning: 
-
energetika sohasi – aholi va ishlab chiqarish uchun, gaz va 
neft , elektr energiyasi; 
-
sog`liqni saqlash va dori-darmon retseptlari bo`yicha; 
-
ulgurji savdo, iste`mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqarish sohasi
-
yuqori texnologiyalar sektori, komp yuterlar, internet, kabelli 
televideniyalar va programmalashtirish sohasi kabi tarmoqlarini 
nazorat qiladi.
AQShning Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limini 
bosh adliya yordamchisi (bizning sharoitda Adliya vaziri 
o`rinbosari) boshqaradi va u Prezident tomonidan tayinlanadi, uni 
Kongress tasdiqlaydi. 
Savdo federal komissiyasining o`zi ham sud yalarni yollash 
orqali ishlarni tahlil qilish va qidiruv o`tkazish, sud qilish kabi 
amaliyotlarni qo`llash vakolatiga ega. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin