Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Ijtimoiy dasturlar –
aholining bevosita turmush sharoiti va farovonligini ta`minlashga 
xizmat qiluvchi soha va tarmoqlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni o`z ichiga olgan rejaviy 
hujjatlar.
Soliqlar
– davlat byudjeti yoki mahalliy byudjetlarga jismoniy yoki yuridik shaxslar 
tomonidan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarganlari uchun yoki ishlab chiqarish omillaridan 
foydalganliklari uchun majburiy to`lovlar.
Unifikatsiya
– turli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar va boshqa qo`llaniladigan 
materiallar va texnologik jarayonlarni ratsional jihatdan bir xilligini ta`minlash. 
Soliqlarni unifikatsiya qilish

soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy 
mohiyati, soliqqa tortish ob`ekti o`xshash bo`lgan soliq turlarini birxillashtirish. 
Soliq imtiyozi
– 
soliq to`lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda soliq to`lashdan to`liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli. 
Preferentsiya
– 
iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim 
soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va 
ustuvorliklar. 
Soliq krediti
– 
byudjetga to`lanishi lozim bo`lgan soliq summasini ma`lum muddatga 
kamaytirish, kechiktirish, bo`lib-bo`lib to`lash yoki soliqni qaytarish shakli. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
– 
soliq solishning ayrim toifadagi soliq 
to`lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va 
to`lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari 
qo`llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi. 
Soliq stavkasi
– 
soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to`g`ri 
keladigan soliq me`yorini ifodalaydi. 



Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin