«Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat banki – qishloq qiyofasini va qishloq
aholisining uy joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini
keng joriy etish maqsadida hamda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga
muvofiq 2009 yil 30 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq qurilish bank»
Aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to`g`risida»gi qaroriga muvofiq «G‘alla-bank»
aktsiyadorlik tijorat binki negizida «Qishloq qurilish bank» Aktsiyadorlik tijorat banki tashkil
etildi. «Qishloq qurilish bank» Aktsiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 150 milliard so`m
miqdorida shakillantirilgan.
Fermer xo`jaligi – ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo`jaligi
tovar ishlab chiqarishi bilan shug`ullanuvchi, mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ekt.
Melioratsiya – yerning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliy-xo`jalik,
muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi – O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi to`g`risida»gi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni qoidalariga muvofiq holda,
milliy tajribaning tahlili va ta`lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan
bo`lib, yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy
hayotda mustaqil ravishda mo`ljalni to`g`ri ola bilish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini
ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo`naltirilgan.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro`yobga chiqarishni, har tomonlama kamol
topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash
va keyinchalik puxta o`zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va
boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his
etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.