Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Investitsiya muhiti
– 
investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini belgilab 
beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui. 
Infratuzilma
– 
har qanday yaxlit iqtisodiy tizim va tuzilmalarning mavjud bo`lishi shart 
hisoblangan tarkibiy qismi. So`zma-so`z ifodalaganda, infratuzilma – bu iqtisodiy tizimning asosi, 
poydevori, ichki tuzilmasi demakdir. «Infratuzilma» atamasi lotincha «infra» - quyi, osti; 
«structura» - tuzilma, joylashuv so`zlaridan paydo bo`lgan. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish va 
ijtimoiy infratuzilma muhim o`rin tutadi. 
Ishlab chiqarish infratuzilmasi
– 
ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun tashqi shart-
sharoitlarni ta`minlovchi tarmoqlar majmui bo`lib, o`z ichiga temir va avtomobil yo`llari, elektr, 
gaz va suv ta`minoti, aloqa kommunikatsiyalari, ombor xo`jaligi va boshqalarni oladi. 
Erkin industrial-iqtisodiy zona
 – 
mamlakat hududining xorijiy mamlakatlar tomonidan turli 
shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan shug`ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi. 
Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona 
to`lovlari, ijara, viza olish, valyuta ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan 
bo`ladi. 
Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi
– 
jahon standartlariga javob beradigan va jahon 
bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlaydigan, zamonaviy yuqori 
texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi 
galda to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni jalb etish bo`yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, 
shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy 
infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3 
dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to`g`risida»gi qarori 
asosida tashkil etilgan. Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo`jalik yurituvchi 
sub`ektlar faoliyatining asosiy yo`nalishi – zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va 
texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori 
texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko`lamda ishlab chiqarishdan 
iborat. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin