Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar –
ikki turdagi – ishtirokchilari bevosita davlatlardan iborat 
hukumatlararo (davlatlararo) hamda tarkibiga ishlab chiqaruvchilar birlashmalari, kompaniya va 
firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqalar kiruvchi nohukumat tashkilotlari. 
Jahon banki
– 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg`armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi 
davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o`zining faoliyatini 1946 yil 25 iyundan boshlagan.
Xalqaro valyuta jamg`armasi
– xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta`sir 
ko`rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta 
jamg`aramasi – a`zo davlatlar o`rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va 
ularga to`lov balansining kamomadi bilan bog`liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el 
valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo`li bilan moliyaviy yordam ko`rsatish uchun 
mo`ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o`z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan. 
Osiyo taraqqiyot banki
– Osiyo va Uzoq Sharq mintaqasiga bevosita qarzlar berish hamda 
texnik jihatdan ko`maklashish orqali mazkur mamlakatlar iqtisodiyoti o`sishini rag`batlantirish 
maqsadida 1966 yilda tashkil etilgan bank.
Global moliyaviy-iqtisodiy bozor
– 
jahon mamlakatlari o`rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy 
aloqalarni yagona xo`jalik tarzida amal qilishiga asoslangan munosabatlar. 
Jahon bozori kon`yunkturasi
- j
ahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi 
talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o`zgarish tendentsiyalari. 
Tashqi qarz
 

 
mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa 
mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag`larining jami hajmi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin