Korporativ obligatsiyalar – korporativ tashkiliy tuzilmalar (yuridik shaxslar) tomonidan
o`zining faoliyatini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan qarz instrumentlari.
Valyuta bozori – xorijiy valyutalar yoki xorijiy valyutadagi to`lov hujjatlari bo`yicha
operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog`liq iqtisodiy munosabatlarning alohida sohasi.
Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligi – mamlakatning o`rta va uzoq muddatga
iqtisodiy o`sishning yuqori sur`atlarini ta`minlab turish qobiliyati.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi – iqtisodiyotning to`lovga qodir talabga mos
keluvchi, iqtisodiy o`sish va turmush sifatini oshirishni ta`minlaydigan tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish va ichki hamda tashqi bozorlarda sotish qobiliyati.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi – iqtisodiyotning turli qism va bo`laklari o`rtasidagi
proportsiyalar va o`zaro nisbatlar.
Tarkibiy o`zgarishlar siyosati – davlat tomonidan amalga oshiriladigan, iqtisodiyotning
tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
majmui.
Kooperatsiya aloqalari – mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha bir yoki bir necha korxonaning
hamkorligi.
Mahalliylashtirish – import qilinadigan tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va
materiallarni mamlakatda ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish orqali unga bo`lgan ichki talabni
qondirish va eksportini yo`lga qo`yish.
Iste`mol bozoridagi mutanosiblik – iste`mol bozoriga taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar
hajmi bilan aholining to`lovga qodir talabining o`zaro mosligi.
Tashqi savdo aylanmasi diversifikatsiyasi – eksport va importning tovar nomenklaturasini
va hamkor davlatlar sonining kengaytirilishi.