Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Aholi pul daromadlari
– ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, 
pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda 
olinadigan daromadlarni, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, 
hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan 
daromadlar. 
Natural daromad
– mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste`mollari 
uchun ishlab chiqargan mahsulotlari. 
Nominal daromad
– 
aholi tomonidan ma`lum vaqt oralig`ida olingan daromadlarining pul 
ko`rinishidagi miqdori.
 
Real daromad
– 
narx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo`lgan 
daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdori bo`lib, real daromad aholining 
ixtiyorida bo`lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi. 
Turmush sifati
– jamiyat farovonligi darajasini namoyon etuvchi va mohiyatiga ko`ra uning 
o`lchovi hisoblanuvchi tushuncha. 
Global moliyaviy-iqtisodiy bozor
– 
jahon mamlakatlari o`rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy 
aloqalarni yagona xo`jalik tarzida amal qilishiga asoslangan munosabatlar. 
Diversifikatsiya
– (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq, bajarmoq)
– 
ishlab 
chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish 
maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar 
assortimentlarini ko`paytirish. 
Diversifikatsiya strategiyasi
– 
korxona faoliyatini mavjud mahsulotlar va bozorlar turini 
kengaytirish orqali rivojlanish strategiyasidir. Diversifikatsiya strategiyasi korxonalarning ishlab 
chiqarish va tijorat faoliyatini rivojlantirishning eng yetakchi zamonaviy tendentsiyalardan biri 
hisoblanib, u orqali korxonalarni bozor sharoitida vujudga keladigan turli qaltisliklarga bo`lgan 
raqobatbardoshligini oshiradi. Diversifikatsiya strategiyasi – korxonalarda yangi mahsulotlar 
liniyalarini ishga tushirish, qo`shma korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish va boshqa 
turli uslublarda amalga oshirishi mumkin.


Dividend
– aktsionerlik jamiyati sof foydasidan aktsiya egalariga to`lanadigan qismi bo`lib, 
u aktsionerlarga naqd pul yoki aktsiyalar bilan to`lanadi. 
Jahon banki
– 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg`armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi 
davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o`zining faoliyatini 1946 yil 25 iyundan boshlagan.

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin