10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix02.02.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#82346
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati



10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati 
Reja:
10.1. Raqobat tushunchasi. 
10.2. Raqobatlashuvchi firmaning daromadi
10.2. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig’i. 
10.3. Faoliyatni to’xtatish uchun firmalarning qisqa muddatli qarori. 
10.4. Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarori.
Agar firma mahsulot, masalan benzin narxini 20 foizga oshirsa, u holda benzin 
sotilishi miqdorining jiddiy tushib ketishini kuzatish mumkin. Uning mijozlari boshqa 
firmalardan benzin sotib olish uchun o’tib ketishadi.
Bu mavzuda biz mahalliy benzin quyish shahobchasi kabi raqobatli firmalarning 
hatti-harakatini ko’rib chiqamiz. Bilamizki, agar bozorda har bir iste’molchi va sotuvchi 
bozorga nisbatan kichik o’ringa ega bo’lsa, va shuning uchun, bozordagi narxga ta’sir 
qilish imkoniyati kam bo’lsa, bozor raqobatbardosh hisoblanadi
1
.
Bu mavzuan bizning maqsadimiz raqobat bozorida firmalarning qanday qilib 
ishlab chiqarishda qarorlar qabul qilishini o’rganishdir. 
10.1. Raqobat tushunchasi 
Raqobatli bozor – bu shunday bozorki, unda ko’p iste’molchilar va sotuvchilar bo’ladi, 
tovarlar bir xil bo’ladi, bozor tomonidan belgilangan narx amal qiladi.
Raqobatli bozori ba’zan mukammal (sof) raqobatli bozor ham deyiladi va uning ikki 
muhim xususiyati bor:

Bu bozorda sotuvchi va haridorlar soni juda ko’p bo’ladi;

Sotuvchilar tomonidan taklif qilinadigan mahsulotlar bir xil mahsulot bo’ladi.
Bu shartlardan kelib chiqqan holda bozordagi har qanday sotuvchi yoki 
haridorning alohida harakati bozor narxiga deyarli ta’sir etmaydi. Har bir haridor va 
sotuvchi bozor narxini berilganday qabul qiladi.
Misol tariqasida sut bozorini ko’rib chiqamiz. Hech qaysi iste’molchi sutning 
narxiga ta’sir ko’rsata olmaydi, sababi har bir haridor tomonidan sotib olinadigan sut 
hajmi umumiy bozor hajmiga nisbatan juda ham kamdir. Shu bilan birga, har bir sut 
yetkazuvchi fermerni narxlarni nazorat qilishda imkoniyati kam, sababi sotuvchilar 
taklif qiladigan narx me’yorga to’g’ri keladi. Yana bir sababi, sotuvchiga u yuqori narx 
aytolmaydi, agar aytsa haridorlar boshqa sotuvchilarga ketib qolishi mumkin.
Raqobat bozoridagi haridor ham, sotuvchi ham bozor belgilagan narxni qabul 
qilishlari shart, shu sababdan ham ular narxni qabul qiluvchilar deyiladi.
Yuqorida berilgan ikki shartga qo’shimcha qilinadigan bo’lsa, quyida berilgan uchinchi 
shart ham mukammal raqobat bozorining shartlaridandir:

Firmalar bozorga erkin kirib chiqishadi. Misol uchun, biror firma sut mahsulotlari 
bilan shug’ullanishni boshlashni xohlasa, boshqa bir firma uni to’xtatishni istab qolishi 
mumkin, bu esa sut ishlab chiqaruvchi tarmoqqa erkin kirish va chiqish shartlarini 
qoniqtiradi. Shuni e’tiborga olish kerakki, raqobatchi firmalarni tahlillarning ko’p 
1
Ushbu mavzu G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”7 e.) 
kitobining XIV bobiga muvofiq holda tayyorlangan.


qismida bozorga erkin kirish va chiqish haqidagi farazlar qo’llanilmaydi. Agar raqobatli 
bozorga kirish va chiqish erkin bo’lsa, uzoq muddatli bozor muvozanatini ta’minlash 
uchun qudratli kuch yuzaga keladi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin