Mavzu: Sotuvchi daromadini talab elastikligiga ko’ra tahlil qilish. Reja: Elastiklik va uning turlarini aniqlang? 2



Yüklə 12,89 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü12,89 Kb.
#161921
  1   2   3
Mavzu Sotuvchi daromadini talab elastikligiga ko’ra tahlil qili-fayllar.org


Mavzu: Sotuvchi daromadini talab elastikligiga ko’ra tahlil qilish. Reja: Elastiklik va uning turlarini aniqlang? 2

Mavzu:Sotuvchi daromadini talab elastikligiga ko’ra tahlil qilish.

Reja:


1.Elastiklik va uning turlarini aniqlang?
2.Nuqtasimon va yoysimon elastikliklar, ularni hisoblash amaliyotini tushuntiring
3.Sotuvchi daromadga koʻra talab elastikligi va kesishgan talab elastikligi qanday sodir boʻladi?
4.Talab elastikligiga koʻra sotuvchi daromadini maksimallashtirish imkoniyatiga qanday ega boʻladi?
5.Soliq yukini isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi oʻrtasida taqsimlanishini elastiklik nazariyasiga koʻra tahlilini amalga oshiring
1. Talab va taklifning tahlili narxga bog‘liq va narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sirida vujudga keladigan talab va taklifning umumiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqarishga turtki bo‘ldi. Bular orqali talab va taklifning asosiy bazaviy qonuniyatlari shakllantirildi. Biroq, tadqiqotchi uchun bularning hammasi ham yetarli emas, u doimiy ravishda yanada aniqroq tahlillarga ehtiyoj sezadi. Narxlar, daromad yoki bozor kon’yunkturasining boshqa ko‘rsatkichlarini o‘zgarishiga bozorning sezuvchanlik darajasini aniqlash uchun maxsus ko‘rsatkichidan - elastiklik koeffisientidan foydalaniladi. Elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy nazariyada ancha kech muomalaga kiritildi, lekin, qisqa muddatda fundamental konsepsiyaga aylandi.

Elastiklikning umumiy tushunchasi iqtisodiyotga tabiiy fanlardan kirib keldi. “Elastiklik” termini iqtisodiyotda ilk bor Alfred Marshall tomonidan 1885-yilda talab va taklif elastikligida qo‘llanildi. Elastiklikning iqtisodiy tahlilga kiritilishi katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan,


- bir tomondan, elastiklik koeffisienti statistik o‘lchovlarni olishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi, ayniqsa, marketing tadqiqotlarini olib borishda keng qo‘llaniladi;
- boshqa tomondan, elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy tahlilning muhim vositasi hisoblanadi, chunki, fanda nafaqat o‘lchash, hisoblash balki, olingan natijani tushuntirish, tahlil qilishni ham bilish kerak.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning har bir bo‘limida elastiklik tushunchasidan foydalaniladi. U yoki bu darajada elastiklik koeffisienti bozor muvozanati tahlilida, bozor tarkibini tahlil qilishda u yerdagi monopoliyalarni aniqlashda, iqtisodiy sikllar nazariyasida keng foydalaniladi.
Elastiklik koeffisienti E – bir omilning boshqa bir omil bir foizga o‘zgarishi natijasida son jihatidan o‘zgarishi darajasini bildiradi. (Masalan, narx, daromad yoki harajatlarning bir foizga o‘zgarishi natijasida talab va taklif hajmining o‘zgarib ketishi).
Bir o‘zgaruvchining boshqa bir o‘zgaruvchi ta’siri ostida o‘zgarishini o‘lchaydigan o‘lchov; aniqroq qilib aytganda, biror A o‘zgaruvchining bir foizga o‘zgarishi natijasida boshqa bir B o‘zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o‘zgarishini ko‘rsatadigan sondir.
E= Ao‘zgaruvchining foizdagi o‘zgarishi / Bo‘zgaruvchining foizdagi o‘zgarishi
Ko‘rib o‘tilayotgan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki qarama-qarshi bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik – (ijobiy koeffisient) bunda bir omilni o‘sib borishi boshqa bir omilni oshib borishiga turtki bo‘ladi. Masalan, iste’molchining daromad lari oshib borsa, talab elastikligi ham ortib boradi.
Qarama-qarshi bog‘liqlik – (salbiy koeffisient) bunda bir omilning ortib borishi boshqa bir omilni yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Masalan, daromad bo‘yicha talab elastikligining ortib borishi natijasida birmuncha pastroq darajadagi tovarlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi.
Barcha tovarlar uchun, Giffen tovarlaridan tashqari, narx bo‘yicha talab elastikligi salbiy, chunki, narxnig o‘sishi talab qonuniga muvofiq talab hajmining qisqarishiga olib keladi. Shu bilan birga mazkur ko‘rsatkich o‘zining mutlaq hajmiga ko‘ra qancha yuqori bo‘lsa, bozor talabining narxlar o‘zgarishiga bo‘lgan sezuvchanligi shunchalik darajada kuchli bo‘ladi.
Elastiklik koeffisienti qiymatiga qarab talabni elastik, noelastik va birlik elastiklikga ega bo‘lgan talablarga ajratish mumkin.
Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed>1 bo‘lsa, talab elastik deyiladi.
Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed<1 bo‘lsa, talab noelastik deyiladi.
Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed=1 bo‘lsa, talab birlik elastiklikka ega deyiladi.
2. Narx bo‘yicha talab elastikligi – narxning bir foizga o‘zgarishi natijasida talabning son jihatdan foiz bo‘yicha o‘zgarishi darajasini ko‘rsatadi. Bunga eng muhim misollardan biri, narxga bog‘liq bo‘lgan talab elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o‘zgarishi, unga bo‘lgan talabning necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Narxga bog‘liq talab elastikligini quyidagicha yozamiz:
E p =^Q%/ ^P%
Bu yerda ^Q% - talabning foiz o‘zgarishi; ^P%- narxning foiz o‘zgarishi.
Shuni eslatish lozimki, foiz o‘zgarish, o‘zgaruvchining mutlaq o‘zgarishini, o‘zgaruvchining oldingi darajasiga nisbatidir.
^Q%=^Q/Q*100%; ^P%=^P/P*100%
Narxga bog‘liq talab elastikligi talab chizig‘ining alohida nuqtasida o‘lchanadi va egri chiziq bo‘yicha siljiganimizda, u o‘zgarib boradi. Shunga mos ravishda, real statistik ma’lumotlarga ko‘ra, nuqtaviy va yoysimon elastiklik koeffisientlarini aniqlash mumkin.
Talabning narx elastikligiga ta’sir etadigan omilardan quyidagilarini alohida ko‘rsatish mumkin:
1. Bozorda o‘rinbosar tovarlarning mavjudligi. Bozorda yaxshi o‘rinbosar tovarlarning yo‘qligi yoki ularni olishning qiyinligi iste’molchilarni narxlarning o‘zgarishiga befarq qilib qo‘yadi.
2. Vaqt omili. Aksariyat tovarlarga bo‘lgan bozor talabi uzoq muddatli davr mobaynida elastiklikroq bo‘ladi. Bir tomondan, aksariyat insonlarga iste’molchilik ta’blarini o‘zgarishiga ancha vaqt talab qilinadi. (masalan, qandolat mahsulotdariga bo‘lgan narx keskin oshirilsa ham mahsulotlarni sotish hajmi bir vaqtning o‘zida pasayib ketmaydi). Boshqa tomondan, bir tovaga bo‘lgan talab boshqa bir tovarning mavjudigi bilan ham izohlanishi mumkin. Masalan, neftga va shu bilan bir qatorda benzinga bo‘lgan narxning oshib borishi qisqa muddat ichida yo‘l bosishni qisqarishiga olib kelmaydi, lekin, uzoq muddatli davr mobaynida eski avtomashinalarni yangi yoqilg‘i kam harajat qiladigan modellari bilan almashtirilishiga va shu orqali kam benzin ishlatilishiga olib keladi.
3. Tovarga bo‘lgan harajatlar darajasi. Iste’molchi byudjetidan tovarga yuqori darajada harajatlar qilish aksariyat tovarlarga bo‘lga talabni narxlarni o‘zgarishiga o‘ta sezuvchan qilib qo‘yadi. Masalan, sanoat iste’molchisiga bir-birlik tovarga bo‘lgan narx emas, balki unga bir oy yoki bir yilda qilinadigan harajatlar muhim hisoblanadi.
4. Tovarning iste’molchi uchun zarurligi. Tovarning iste’molchi uchun yuqori darajadagi zaruriyati narxga bo‘lgan past elastikligini aniqlab beradi.

Yüklə 12,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin