Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Soliq imtiyozi
– 
soliq to`lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda soliq to`lashdan to`liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
– 
soliq solishning ayrim toifadagi soliq 
to`lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va 
to`lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari 
qo`llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi. 


Soliq stavkasi
– 
soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to`g`ri 
keladigan soliq me`yori. 
Soliq yuki

mablag`larni boshqa foydalanish mumkin bo`lgan yo`nalishlardan olib, 
soliqlarni to`lash uchun yo`naltirish orqali vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo`lib, 
odatda soliq to`lovchining muayyan davrda byudjetga to`langan soliqlar va boshqa majburiy 
to`lovlarning yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi. Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasini 
soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i orqali ifodalanadi. 
Soliqlar
– belgilangan va muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib 
berilmaydigan va beg`araz xususiyatga ega bo`lgan, byudjetga yo`naltiriladigan majburiy pul 
to`lovlari tushuniladi.
 
Soliqlarni unifikatsiya qilish

soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy 
mohiyati, soliqqa tortish ob`ekti o`xshash bo`lgan soliq turlarini birxillashtirish. 
Tashqi qarz
 – 
mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa 
mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag`larining jami hajmi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin