Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


O`zbekistonda institutsional islohotlarning mohiyati va maqsadlari



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
3.3.O`zbekistonda institutsional islohotlarning mohiyati va maqsadlari. 
Institutsional o`zgarishlar jarayonida boshqaruv mexanizmlari takomillashtirilib borildi. 
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida esa ularning xususiyatlariga mos 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. -Т.: Ўзбекистон, 1998, 82-бет.


keladigan, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, 
tashabbuskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini ra`gbatlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar 
vujudga keldi.
Tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarishni markazlashtirilgan 
tartibda rejalashtirish va tashkil etishdan boshqarishning iqtisodiy mexanizmalariga o`tish 
masalasiga jiddiy e`tibor qaratildi.
Boshqaruv sohasidagi o`zgarishlar natijasida ko`plab boshqaruv organlari bo``ginlarining 
vazifasi o`zgardi, ba`zi o`zini oqlamagan boshqaruv organlari tugatildi va yangi organlar tuzildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov murakkab o`tish davrida qabul qilingan qonunlarning 
amalda bajarilishini ta`minlay oladigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, 
siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir bo`lgan ijro hokimiyatining samarali 
tizimi va tuzilmalarini yaratish muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etar ekan, – “Shu 
maqsadda tub ma`muriy islohotlar amalga oshirildi: markazlashgan rejalashtirish va taqsimlash 
tizimining tayanchlari bo`lgan Davlat plan komiteti, Davlat ta`minot komiteti, Davlat narx 
komiteti, Davlat agrosanoat komiteti va ko`plab tarmoq vazirliklari tugatildi, mahalliy hokimiyat 
organlari qayta tashkil qilindi – viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik instituti joriy etildi. 
Mahalliy o`zini o`zi boshqarish organi tizimi – mahalla institutini rivojlantirish va 
mustahkamlashga alohida e`tibor qaratildi”
1
, - deb ta`kidladi. 
O`zini oqlamagan Davlat reja qo`mitasi o`rniga Davlat istiqbolini belgilash va statistika 
qo`mitasi tuzildi. Mazkur Qo`mita 1997 yildan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga 
aylantirildi. Hozirgi davrda bu vazirlik Iqtisodiyot vazirligi deb ataladi.
Narxlarni erkinlashtirish sharoitida Davlat narx qo`mitasi batamom tugatildi.
Yakkahokim bo`lib olgan taqsimot idorasi - Davlat ta`minot qo`mitasi va uning vorisi –
“O`zshartnomasavdo” o`rniga yangi bozor strukturasi – Respublika ulgurji va birja savdosi 
aktsiyadorlik uyushmasi tuzildi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida va bozor munosabatlarini boshqarishda moliya-kredit 
tizimi muhim o`rinni egallaydi. Islohotlarning birinchi bosqichida, respublika Moliya vazirligi va 
Markaziy bankning vazifalari qayta ko`rib chiqildi. Ularning yangi bo``ginlari tuzildi. 
Nazorat organlari faoliyatini tartibga solish uchun Davlat soliq qo`mitasi va Davlat bojxona 
qo`mitasi tuzildi.
Respublikamizda mavjud boshqaruv organlarining nafaqat faoliyati, balki ularning vazifalari 
ham yangi jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda qayta ko`rib chiqildi hamda o`zgartirildi. 
Tashkil etilgan yangi ijro organlari tizimi rejalash – taqsimlash vazifalaridan xoli bo`lib, iqtisodiy 
siyosatni muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasini bajarmoqda. 
Institutsional o`zgarishlar jarayonida boshqaruv mexanizmlari takomillashtirilib borildi. 
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida esa ularning xususiyatlariga mos 
keladigan, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, 
tashabbuskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini ra`gbatlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar 
vujudga keldi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin