Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Ikkinchi bosqichda 
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va isloh etishni yanada 
chuqurlashtirish,
 
investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga 
oshirish, shuning negizida iqtisodiy o`sishni ta`minlab, bozor munosabatlarini to`liq joriy qilish 
maqsad qilib qo`yildi. Shu maqsaddan kelib chiqib, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov mazkur 
bosqichda amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalarni ko`rsatib berdi: 
- iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish; 
- davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
- iqtisodiy o`sishni va makroiqtisodiy mutanosiblik hamda barqarorlikni ta`minlash;
- milliy valyuta – so`mni yanada mustahkamlash; 
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o`zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan 
tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o`tish, mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va 
mustahkamlash. 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т., “Ўзбекистон”, 1995, 18-бет. 
1
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси. -
Т.: Ўзбекистон, 2010, 4-бет.
2
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. –Т.: Ўзбекистон, 2007, 29-бет.


O`tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta`minlangan qatlamlarini ijtimoiy 
himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko`rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan 
yo`l davom ettirildi. 
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlab o`tganidek, mazkur bosqichda «erkinlashtirish va 
islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal 
qilishning asosiy shartidir»
1
. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko`zda 
tutdi: 
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan 
o`tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; 
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida mulkdorlar sinfini 
shakllantirish; 
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo`naltirilgan sarmoyalarni keng jalb 
etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; 
- iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni 
ta`minlash; 
- yurtimizda transport kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish; 
- soliq yukini kamaytirish, faol investitsiya, faol eksport siyosatini yuritish; 
- aholi turmush darajasini oshirish, avvalo, qishloq joylarda kishilarning turmush sharoitini izchil 
yaxshilash;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o`rin egallashiga 
erishish; 
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning 
jahon iqtisodiy tizimiga keng ko`lamda integratsiyalashuvini ta`minlash; 
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan 
tarkibiy o`zgarishlarni izchil davom ettirish.
 
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan 
iborat: 
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish; 
- agrar islohotlar; 
- moliya-kredit va narx-navo islohoti; 
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; 
- ijtimoiy islohotlar. 
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har 
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya 
qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga 
oshirish eng asosiy vazifamiz
2

Mamlakatimizda olib borilayotgan isloxotlar samarasini yanada oshirish, davlat va 
jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha soxalarini liberallashtirish bo‘yicha mutlaqo 
yangicha yondoshuv hamda tamoyillar ishlab chiqishdan iborat
3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning mamlakatda olib borilayotgan
barcha islohotlar to‘g‘ririsida shunday fikr bildiradilar “Islohot –islohot uchun emas inson 
manfaatlari uchun xizmat qilishi kerak” demak yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
siyosiy islohotlarning barchasi insonlar uchun insonning manfaatlari uchun xizmat qiladi.
1
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. 8-ж -Т.: Ўзбекистон, 2000, 
15-бет. 
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли “Ўзбекистон 
республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги фармони
3
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли “Ўзбекистон 
республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги фармони 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston 
respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonini e’lon 
qilindi. 
Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda, yurtumizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, 
har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. 
1-yo‘nalish: Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish
2-yo‘nalish: Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
3-yo‘nalish: Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 
4-yo‘nalish: Ijtimoiy sohani rivojlantirish
5-yo‘nalish:Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin