Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 Pul-kredit siyosati vositalarining iqtisodiyotni tartibga solishdagi



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
9.3. Pul-kredit siyosati vositalarining iqtisodiyotni tartibga solishdagi
roli
Davlatning kredit tizimi ustidan ham ma`lum nazorat o`rnatishi muhim ahamiyatga 
egadir. Buning uchun pul emissiya qilish huquqiga ega bo`lgan va pul muomalasini tartibga 
soladigan Markaziy Bank tashkil etilgan. Bundan tashqari, davlat ixtiyorida bir qancha 
ixtisoslashgan banklar bo`lishi lozim. 
Oqibatda, ishbilarmonlarning bank operatsiyalarini kredit va moliyaviy tizim orqali 
tartibga solish imkoniyati vujudga keladi. 
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida kredit-pul 
siyosati sohasida quyidagi ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirish asosiy vazifalar qilib 
belgilandi: 
- Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy 
banklar ikki bosqichli tizimini vujudga keltirish, respublika hududida yirik chet el 
banklarining bo`limlari hamda vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoitlarni yaratish; 
- barqaror pul muomalasini ta`minlash, kredit va nakd pul emissiyasi, jami pul 
massasining asossiz o`sishini keskin cheklash; 


- O`zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy 
va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish
1

Ushbu ustuvor yo`nalish va chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Banklar va 
bank faoliyati to``grisida”gi Qonun qabul qilindi. Uning asosida ikki bosqichli bank tizimi 
amalda shakllandi. Markaziy bank emissiya banki bo`lib, uning zimmasiga boshqa 
rivojlangan mamlakatlardagi markaziy banklarga xos bo`lgan vazifalar yuklatildi. Sobiq 
tarmoq doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatilib, Agrosanoat banki va sanoat-qurilish 
banki ixtisoslashtirilgan hissadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Shuningdek, tashqi 
iqtisodiy faoliyat milliy banki tuzildi va u muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. 
Hozirgi davrda, jahon bank amaliyotida pulga bo`lgan talab va taklifni, xususan, pul 
massasi, moliya bozorlari hamda bank tizimi likvidliligini samarali tartibga solishda ochiq 
bozordagi operatsiyalar, hisob stavkasi siyosati, majburiy zaxiralar siyosati, valyuta siyosati kabi 
bozor iqtisodiyotining bir qator zamonaviy vosita va mexanizmlari keng qo`llanmoqda. 
“O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to``grisida”gi Qonunda monetar 
siyosatning: ochiq bozordagi operatsiyalari; Markaziy bankning hisob operatsiyalari; Markaziy 
bankning operatsiyalari bo`yicha foiz stavkalari; majburiy rezerv talablari va Markaziy bankning 
qayta moliyaviy ta`minlash kabi vositalari qayd etilgan. 
Pul-kredit siyosatining vositalari - Markaziy bank tomonidan pulga bo`lgan talab va taklifni 
tartibga solish hamda pul-kredit siyosatini amalga oshirish mexanizmidir. O`z navbatida, ushbu 
vositalar bevosita va bilvosita turlarga bo`linadi. Bevosita vositalar – Markaziy bank tomonidan 
tijorat banklariga nisbatan foiz stavkalari yoki kredit miqdorini belgilash va cheklashdan iborat 
bo`lgan ma`muriy usullardir. Bilvosita vositalar esa – Markaziy bank va tijorat banklari o`rtasida 
ixtiyoriy ravishda foydalaniladigan, ya`ni bozor orqali pulga bo`lgan talab va taklifni o`zgartirish, 
muomaladagi pul massasi miqdori va banklarning to`lovga qobiliyatliligini tartibga solish usulidir.
Bevosita vositalarga - foiz stavkalarini chegaralash, maqsadli kreditlar, har bir bank uchun 
kreditning yuqori chegarasini belgilash kabi ma`muriy usul va choralar kiradi. Ular bir qator 
kamchiliklarga ega bo`lib, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos kelmaydi. Xususan, ular har bir 
bankka nisbatan qo`llanuvchi yakka tartibdagi nazorat qilish chorasi bo`lib, moliya bozorida 
raqobatni bo``gib qo`yadi, moliya sohasining rivojlanishini susaytiradi va banklarning moliyaviy 
vositachilik rolini pasaytiradi. Shuningdek, bir qator banklar ustidan nazoratning o`rnatilishi 
natijasida alohida tarmoq va hududlarda kreditlashtirish samarasini pasaytiradi, katta miqdordagi 
moliyaviy mabla`glarning nazorat qilib bo`lmaydigan sohaga, ya`ni xufiyona iqtisodiyotga yoki 
xorijga chiqib ketishiga olib keladi. 
Bilvosita vositalarga - ochiq bozordagi operatsiyalar (davlatning va Markaziy bankning 
qimmatli qo`gozlarini birlamchi bozorlarda sotish), ikkilamchi bozordagi operatsiyalar (bevosita 
oldi-sotdi yoki REPO operatsiyalari), qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira talablari, valyuta 
siyosati, kredit auktsionlari, valyuta svoplari, veksellarni qayta hisobga olish mexanizmi, lombard 
yoki overdraft mexanizmlari va boshqalar kiradi. Ular bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladi va 
bevosita vositalarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, Markaziy bankka pul-kredit 
siyosati samaradorligini oshirish, pul massasi, moliya bozorini samarali tartibga solish, davlatning 
kreditni taqsimlash va pul-kredit orqali boshqarish jarayonlariga aralashuvini kamaytirish, moliya 
bozorining rivojlanishi va kengayishiga, banklarning vositachilik rolini oshirish, kapital qo`yilma 
va moliyaviy jam`garmalar hajmining ko`payishiga qo`shimcha qulayliklar yaratadi.
Markaziy bank o`zining va davlatning qimmatli qo`gozlarini, xorijiy valyutalarni erkin 
sotish va sotib olish, mabla`glarni depozitlarga jalb qilish va qaytarish, majburiy zaxira talablari 
me`yorini va qayta moliyalash stavkasini o`zgartirish orqali banklarning moliyaviy holatiga ta`sir 
qiladi (9.3.1-jadval). 
Markaziy bank yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali muomaladagi 
ortiqcha pul massasi hajmini iqtisodiyot uchun zarur bo`lgan miqdorgacha kamaytiradi. Pul 
massasining kamayishi hisobiga inflyatsiya darajasi pasayadi va milliy valyuta kursining 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т.: Ўзбекистон, 1995 й. 21-22-
бетлар. 


barqarorligi oshadi. Bu esa, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va aholining bank tizimiga bo`lgan 
ishonchining tobora oshishiga, mamlakatda jam`garmalar va iqtisodiy faollikning o`sishi, 
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va makroiqtisodiy barqarorlikning mustahkamlanishiga qulay 
shart-sharoitlar yaratadi.

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin