9.IQTISODIYoTNI TARTIBGA SOLIShNING PUL-KREDIT USULLARI 9.1. Pul va pul muomalasi, pulga bo`lgan talab va pul taklifi Pul – umumiy ekvivalent rolini o`ynovchi tovardir.P
ul —
bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo`lgan, umumiy ekvivalent rolini o`ynovchi maxsus tovardir. Pulning mohiyatini to`laroq tushunish uchun uning quyidagi
asosiy vazifalarini ko`rib
chiqamiz: 1) qiymat o`lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to`plash vositasi; 4) to`lov vositasi.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning
almashuv qiymatini o`lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur.
Bunday birlik
narxlar o`lchovi (masshtabi) deb ataladi. Pul muomaladan chiqarilganda
boylik to`plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo`jalik sharoitida boylik to`plash, jam`garish
mahsulot jam`garish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo`jaligining rivojlanishi boylik
to`plashning pul jam`garish shaklini keltirib chiqaradi.
Tovarlar nasiyaga to`lov muddati kechiktirib sotilganda, pul
to`lov vositasi vazifasini
bajaradi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta
va soliqlarni to`lashda ham to`lov vositasi vazifasini bajaradi. Qo`goz pullar, veksel va banknotlar
— pulning to`lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqqan.
Pulning o`z vazifalarini bajarish jarayonidagi to`xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi. Mamlakat
pul tizimi ning muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (so`m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to`lov vositasi sifatida amal qiluvchi qo`goz, tanga va
kredit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya`ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi.