Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati iqtisodiyotni tartibga solish shakllaridan biri



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

7.4. Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati iqtisodiyotni tartibga solish shakllaridan biri 
sifatida. 
Tovar va xizmatlarni sifatiga bo`gliq bo`lmagan holda narxning oshishi bevosita 
inflyatsiyani yuzaga keltiradi. Inflyatsiya pul birligini qadrsizlantiradi va xarid qobiliyatini 
pasaytiradi. Ishlab chiqarishdagi nomutanosiblik, avvalo, pul massasining tovar va xizmatlar 
massasiga mutanosib emasligi inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi sabab hisoblanadi va u tovar va 
xizmatlar bilan ta`minlanmagan pulni chiqarilishi bilan bo`gliqdir. 
Inflyatsiya darajasi joriy davr narxlarida baholangan tovar va xizmatlar yi`gindisini o`tgan 
davr narxlaridagi bahosiga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
Inflyatsiya jamiyatni barqaror rivojlanishini izdan chiqaradi, ko`zda tutilmagan taqsimlash 
jarayonlarini, kapitalni qayta taqsimlashni, bankdagi jam`garmalarining qadrsizlanishi va boshqa 
muammolarni keltirib chiqaradi. 
Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati va uning zarurligi inflyatsiya iqtisodiy o`sishni 
pasaytirishi va ba`zi hollarda ishlab chiqarishni inqiroz sabablaridan biri bo`lishi bilan asoslanadi. 
Inflyatsiyaga qarshi siyosat – u yoki bu mamlakatda inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi aniq 
sabablar, uning darajasiga bo`gliq holda yuritiladi. Inflyatsiyaga qarshi kurashishning turli usullari 
mavjud, xususan: 
1)
nomonetar usullar – iqtisodiy faollikni o`sishini, iqtisodiy samaradorlikni o`sishini 
soliqlar orqali ra`gbatlantirish; 


2)
monetar usullar. 
Hozirgi davrda G‘arb mamlakatlarida inflyatsiya nisbatan yuqori darajada emas, yiliga 
3,5%-4% orali`gini tashkil etadi. 
Markazlashgan-rejali 
iqtisodiyotdan 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o`tish 
davrida 
MDH 
mamlakatlarida inflyatsiya o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`ladi. 1991-1995 yillarda inflyatsiya 
yuqori darajaligi bilan xarakterlanadi. 1996-2003 yillarda esa inflyatsiya darajasining pasayishi va 
barqarorligi bilan xarakterlanadi.2022 yilda inflyatsiya darajasi 15,5% da kuzatilmoqda, bu 
ko’rsatkichlar 2020 yida 12,6%, 2021 yilda esa 9,9% bo’lishi prognoz qilinmoqda. Buni YaIM 
deflyator ko`rsatkichida ham ko`rish mumkin, O`zbekiston Respublikasida 1993 yilda u 1170% 
ni, 2002 yilda 152,7% ni, 2004 yilda esa 104,7% ni tashkil etdi.2018 yilda 326,9% ni, 2022 yilda 
424,1% ni tashkil etishi, 2020 yilda 524,1% ni, 2021 yilda 637,9% bo’lishi prognoz qilinmoqda. 
O`zbekiston Respublikasining inflyatsiyaga qarshi siyosatida 1994 yilda milliy valyutaning 
joriy etilishidan keyingi davr muhim bosqichi bo`ldi. Inflyatsiyaga qarshi siyosat – iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish vositalaridan biri bo`lib, 1996 yildan iqtisodiy o`sish davri bosqichiga o`tildi. 
Milliy valyutani mustaxkamlash – O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor 
yo`nalishlaridan biridir. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 
«O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida» kitobida «Valyutaning 
mustaxkamligi – iqtisodiy islohotlar yangi bosqichining asosiy muammosi» paragrafida 
ta`kidlanganidek milliy valyuta iqtisodiy barqarorlikning, korxona va tarmoqlarni moliyaviy 
holatini mustaxkamlashning qudratli omili, respublika iste`mol bozorini va aholini ijtimoiy 
himoyalashning omili ekanligi ma`lum bo`ldi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin