7.1. Qiymat va narxning zamonaviy nazariyasi. Ularning mehnat qiymati va naflilik
nazariyalaridan farqi.
Hozirgi zamon iqtisodiyotida narx, narx belgilash tizimi – bu iqtisodiy munosabatlarning
muhim tizimchasi va bozor mexanizmining tarkibiy qismlaridan biridir. Narx – bu ishlab
chiqaruvchilar va iste`molchilar harakatlarini belgilovchi ko`rsatgichi
va bozor iqtisodiyotining
asosidir. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda narx va narx belgilash orqali ta`sir ko`rsatadi.
Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi – bu iqtisodiy nazariya fanining uzoq muddatli
rivojlanishi natijasidir. Iqtisodiy nazariyada qiymat, narx va ularni aniqlovchi omillar muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy nazariya – bu mehnatning qiymat nazariyasi va naflilik
nazariyalarining o`zaro aloqalari va farqlari nuqtai nazaridan, ya`ni marjinalistik nazariya tahlillari
natijasidir. Ingliz klassik siyosiy iqtisod namoyondalari A.Smit va D.Rikardolar qiymatning
mehnat nazariyasini asoschilari hisoblanadi. Jamiyat uchun ishlab chiqarish zarur bo`lgan
mahsulot qiymatini ijtimoiy-zaruriy mehnat sarflari yaratadi, degan `goya ushbu nazariyaning
asosini tashkil etadi.
Qiymat sifat (xaridorlar va sotuvchilar o`rtasidagi, tovarlarni oldi-sotdi jarayonida insonlar
o`rtasidigi iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiladi) va miqdor (qiymatning miqdori unga ketgan
ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan aniqlanadi) jihatlariga ega. Marjinalistlarning fikriga ko`ra
narx – bu qiymatning puldagi ifodasidir. Agar qiymatning miqdori unga
ketgan ijtimoiy zaruriy
mehnat sarflari bilan aniqlansa, u holda narxning asosida tovarning qiymati yotadi, biroq talab va
taklif mutanosibligiga bo`gliq holda narx miqdori tovar qiymatiga nisbatan o`zgaradi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat sarflar bilan
aniqlanadi degan qarashlari qiymatni tovarning nafliligi belgilaydi, degan marjinal nazariya,
naflilik nazariyasining vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Ushbu nazariyaning asoschilari avstriya
maktabi namoyondalari K.Mengera, ye.Bem-Baverka va F.Vizeralar hisoblanishadi. Bu maktab
XIX asrning oxirgi uchinchi qismida yuzaga kelgan. Bu nazariyaga asosan qimmat (qiymat)
quyidagilarga bo`gliq: 1) iste`molni qondirishning muhimligiga(naflilikka); 2)
naflilikni
ta`minlanganlik darajasiga. Naflilik nazariyasi – bu sub`ektiv qiymat nazariyasidir, ya`ni har bir
haridor tovarning nafliligi, qimmati haqida o`zini tasavvuridan, dididan kelib chiqqan holda
xulosa qiladi. Ushbu maktab namoyondalari xarajatlarni xisobga olishmaydi. Qiymatning mehnat
nazariyasi
namoyondalari esa aksincha, tovarning nafliligini hisobga olishmagan.
Yuqorida nomlari keltirilgan nazariyalarning eng katta kamchiligi – bu qiymat miqdorini
belgilovchi yagona manbani topishga urinish hisoblanadi: birida ijtimoiy mehnat sarflari,
boshqasida esa, tovarning nafliligi va bozorda uni ta`minlanganlik darajasiga ur`gu beriladi.
Amaliyot, qiymat mehnat sarflariga qanday bo`gliq bo`lsa, tovarning nafliligiga, iste`molchilarni
unga bergan bahosiga ham shunday bo`gliqlikda ekanligini ko`rsatdi. Bu nazariyalarni
umumlashtiriladi(sintez), ya`ni mehnat sarflari hamda, mehnat natijalari nafliligini ham hisobga
olish zarur. Bunday sintez A.Marshal, Dj.Klarkom, P.Samuel sonlar tomonidanamalga oshirilgan.
Zamonaviy narx va qimmat (qiymat) nazariyalari yo`nalishi asosichisi
taniqli ingliz iqtisodchisi
A.Marshal hisoblanadi. U qiymatning yagona manbaini aniqlashga urinishdan voz kechib, naflilik
nazariyasinitalab va taklif nazariyasi va ishlab chiqarish xarajatlari(sarflari) nazariyasi bilan
birlashtirdi. Tovarning qiymati ijtimoiy sarflar hamda, uning nafliligi bilan aniqlanishini yoritib
berdi.
Qiymat bozor orqali aniqlanadi. Bozor – bu sotuvchi va haridorlar (talab va taklif)
manfaatlari to`qnashuvi orqali narx shakllanishiga olib keluvchi iqtisodiy jarayondir. Buni
quyidagi sxema bo`yicha tasvirlash mumkin:
Taklif
Bozor
Talab
Foydani
maksimallashtirish
Narx
Naflilikni
maksimallashtirish
Narx axborot berish, taqsimlash va ra`gbatlantiruvchilik funktsiyalarini bajaradi.
Bozor munosabatlari sharoitida narxlarning turli ko`rinishlari mavjud bo`ladi. Xususan:
korxonalarning ulgurji narxlari, chakana narxlar,
davlat buyurtma narxlari, ta`riflar va b.
Shuningdek quyidagi narxlardan farqlanadi: joriy, haqiqiy bozor munosabatlarida amal
qiluvchi narxlar va iqtisodiy ko`rsatkichlarni (ishlab chiqarish xajmi, narx indeksi va
b.)o`zgarishini aniqlashda foydalaniluvchi taqqoslama narxlar.
Dostları ilə paylaş: