Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
 
7.3. Ba`zi davlatlarda narxni tartibga solish tajribalari. 
AQSh da 10-15% narxlar davlat tomonidan tartibga solinadi. Davlat tomonidan narxlarni 
tartibga solish ishlab chiqarish xarajatlarini subsidiyalash vositasida hamda ishlab 
chiqaruvchilarga sotish narxlarini kafolatlash yordamida ham amalga oshiriladi. AQSh da bozor 
narxi kafolatlangan quyi chegaradan tushib ketgan taqdirda davlat byudjetidan ishlab 
chiqaruvchilarga subsidiyalar ajratiladi. Maxsus hukumat tashkiloti kafolatlangan narx bo`yicha 
fermerlardan kafillikka qishloq xo`jaligi maxsulotlarini qabul qiladi. Agar kafillikka olingan 
muddat davomida (odatda bir yil) bozordagi narx kafolatlangan narxdan qo`tarilsa, u holda fermer 


o`z maxsulotini qaytib sotib olib, uni bozorda sotishi mumkin bo`ladi. Agar bozor narxi 
kafolatlangan narxdan pastligicha qolsa, tovar fermerlar tomonidan qaytib sotib olinmaydi va 
korporatsiya mulkiga o`tadi. AQSh da 10-15 yil mobayinida mamlakat ichida shakarning chakana 
narxi juda qat`iy tarzda kuzatib borildi. Bir kilogramm shakar 1 dollardan oshishi mumkin emas. 
Narxni makroiqtisodiy barqaror bo`lishi uchun subsidiya kiritildi. 
Yaponiyada narxlarni tartibga solish uchun hukumatning maxsus narx byurosi mavjud. 
Byuro vazirliklarni minimal narxlar bo`yicha bergan takliflariga hulosa beradi. Frantsiyada 
qishloq xo`jaligi maxsulotlari, gaz, elektr energiyasi, transport xizmatlari narxlari to``gridan-
to``gri tartibga solinadi. Shvetsariyada narxlarni nazorat qilish bo`yicha federal muassasa 
mavjud. Narxlar asosan davlat tomonidan moliyalashtiriladigan tarmoqlarda, xususan qishloq 
xo`jaligi, tarnsport, ta`lim, so`gliqni saqlash sohalarida tartibga solinadi.
Rossiya Federatsiyasida narxni tartibga solishda qat`iy narxlarni(tariflar) kiritish, yuqori 
samaradorlik darajasini, narxni o`zgarish koeffitsentini, savdo, savdo-ta`minot va sotuv 
narxlarining yuqori darajasini o`rnatish va deklaratsiya narxlarini o`rnatish usullari qo`llaniladi. 
O`zbekiston Respublikasida davlat buyurtmasi asosida paxta xom ashyosiga va bu`gdoyga 
(yalpi xosilning ma`lum qismiga, masalan, paxta xom ashyosini 50% davlat buyurtma narxi 
bo`yicha bozordan arzon narxda sotib olinadi) narxning yuqori chegarasi o`rnatiladi. Qishloq 
xo`jaligi maxsulotlari esa qo`shilgan qiymat soli`giga tortilmaydi. 
Narxni tartibga solish tizimi qishloq xo`jaligida barqarorlikka erishishga qaratilgan. Bu 
sohadagi narx kichik farq bilan tebranadi. G‘arb mamlakatlarida davlat qishloq xo`jaligiga 
anchagina mabla`g sarflaydi. Ta`kidlash joyizki, qishloq xo`jaligidan byudjetga tushadigan 
mabla`g, shu sohaga qilinadigan xarajatdan bir necha bor kamni tashkil etadi. YEIRXT ning 25 ta 
mamlakatlarida, ko`proq rivojlangan G‘arb mamlakatlarida qishloq xo`jaligiga byudjetdan 
ajratilgan mabla`glar shu tarmoqdan byudjetga tushadigan mabla`gdan 9 marotaba ko`pni, agar 
narx subsidiyasini ham qo`shadigan bo`lsak 18 barobar ko`pni tashkil etadi. 
Umuman YEIRXT mamlakatlari bo`yicha, 1994 yilda byudjetdan va narx orqali qishloq 
xo`jaligiga ajratiladigan mabla`g qishloq xo`jaligida band bo`lgan bir kishiga 16342 dollarni, shu 
jumladan, AQSh da 39957 dollarni tashkil etadi. Bu mamlakatlarda subsidiyalar va maxsulot 
narxiga qo`shimcha to`lovlar ulushini hisobga olsak u holda: bu`gdoy narxida – 48%, guruchda – 
86%, dehqonchilik maxsulotlarida – 50%, chorvachilik maxsulotlarida – 43 % ni tashkil etadi.

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin