O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 28-dekabrdagi “2022 yil uchun mo’ljallangan eng muhim vazifalarimiz”
haqidagi oily majlisga Mutojaatnomasi Xalq so’zi gazetasi 29 dekabr. 29.12.2022 yil
Davlat narx shakllanishiga bevosita va bilvosita ta`sir etadi. Narxni tartibga solishning
to``gri va egri usullari farqlanadi. Ularning bo`linishi quyidagicha: narxni to``gridan-to``gri
tartibga solish usuliga quyidagilar taalluqli:
1)
narxni ma`muriy o`rnatilish;
2)
narxni muzlatilish;
3)
narxni yuqori darajasini o`rnatish;
4)
samaradorlik
darajasini reglamentlash;
5)
davlat xarajatlarini tartibga solish;
6)
amortizatsiya me`yorini o`rnatish va b.
Davlat spirtli maxsulotlarga monopol «aktsiz» narxlarini va transport tariflariga,
xizmatlarga, aloqaga boshqa qator tovarlarga narxlarni, bojxona tariflarini belgilaydi.
Davlatning narxga ta`sir etish shakllaridan biri – bu
davlatning ishlab chiqarish
xarajatlariga va u orqali orqali narxga ta`sir etishidir. Bunga tezlashtirilgan amortizatsiya
harajatlari usulini misol qilib keltirish mumkin. Davlat narx shakllanishiga, ishlab chiqaruvchiga
yoki haridorga davlat tomonidan maxsus qo`shimcha to`lab berish yo`li bilan narxlarni
pasaytirishi nazarda tutiluvchi narx subsidiyasi orqali ham ta`sir ko`rsatadi.
Narxni tartibga
solishda davlatning qat`iy o`rnatgan narxlari, davlat tomonidan buyurtma qilingan ishlab
chiqaruvchilar maxsulotiga narxlar muxim o`rinni egallaydi. Qishloq xo`jaligi maxsulotlari ishlab
chiqarishni narx, dotatsiya va subsidiya orqali tartibga solishda davlatning roli juda yuqoridir.
Davlat narx darajasi va narx barqarorligi mutanosibligini qo`llab-quvvatlaydi. Barcha rivojlangan
mamlakatlarda bozor tebranishini yumshatish maqsadida davlat tomonidan anchagina resurslar
agrar sohaga yo`naltiriladi. Narxlar, qo`shimcha to`lovlar orqali maxsulot ishlab chiqaruvchilarni
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishlarini amalga oshirishlari
darajasida davlat fermerlik
narxlarini qo`llab quvvatlaydi. Shu yo`l bilan qishloq xo`jaligi maxsulotlari ishlab chiqarish
tarkibi va xajmi tartibga solinadi.
Barcha `garb mamlakatlarida narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tizimi juda ham
bir-biriga yaqin. Bu qishloq xo`jaligi maxsulotlarining alohida turlariga narxlarni tebranishining
yuqori va quyi chegaralarini o`rnatish hisoblanadi.
Evropa hamkorlik mamlakatlarida umumiy qishloq xo`jaligi siyosati yuritiladi. Bu
siyosatning dastagi bo`lib, ichki va import narxlari o`rtasidagi farqlarni qoplovchi bojxona bojlari
va kompensatsion to`lovlar
shuningdek, qishloq xo`jaligi maxsulotlarini eksport qiluvchilarga
maxsulotlarini yevropadan jahon bozorlariga nisbatan past narxlarda olib chiqish imkoniyatini
beruvchi kompensatsion to`lovlar hisoblanadi. Bunday tizim nafaqat yevropa qishloq xo`jaligi
salohiyatini saqlab qolish, qishloq xo`jaligida ilmiy-texnika
inqilobini amalga oshirish, balki,
G‘arbiy yevropani yirik maxsulot eksportchisiga aylantirish imkonini beradi. yevropa hamkorlik
mamlakatlarida qishloq xo`jaligi va qora metallurgiya sohasida(narxlarni 15% gacha qamrab
oladi) narxlarni milliy tartibga solish xususiyatlari mavjud. Qishloq xo`jaligi maxsulotlari narxlari
bo`yicha qarorni yevropa hamkorligining vazirlar Kengashi qabul qiladi, biroq qora metallurgiya
maxsulotlari narxlari esa bazis narxlari orqali o`rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: