Asosiy tushuncha va atamalar
Narx, narxning funktsiyalari, davlat buyurtmasi narxlari, qiymat, kelishilgan narx, yuqori
narx, davlat subsidiyasi, monopol narxlar.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.Qiymat va narx nazariyalarini mohiyatini tushuntiring?
2.Marjinalistlarning qiymat va narx nazariyasini va uning qiymatning mehnat
nazariyasidan farqini tavsiflab bering?
3.Zamonaviy narx va qiymat nazariya qiymatning mehnat nazariyasi va yuqori naflilik
nazariyalarining sintezi ekanligini tushuntirib bering?
4. Narxning regulyatorlik rolini qanday ahamiyati bor?
5.Narxni davlat tomonidan tartibga solishning qanday asosiy usullari mavjud?
6.To``gri va egri usullar deganda nimani tushunasiz?
7.Agrar sektordagi narxni davlat tomonidan tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari
va shakllari nimalardan iborat?
8.O`zbekistonda narxni davlat tomonidan tartibga solish usullari va shakllarini
tushuntiring.
9.Inflyatsiyaga qarshi siyosat narxni davlat tomonidan tartibga solish shakllaridan biri
ekanligini tushuntirib bering.
8. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING
BYUDJET-SOLIQ USULLARI
8.1. Davlat byudjeti – davlat pul resurslarining asosiy fondi va iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solishning usuli.
Milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmida tartibga solishning
byudjet-soliq va kredit shakllari muhim o`rinni egallaydi.
Davlat byudjetida jamiyat iqtisodiy munosabatlarining davlat daromadlarining shakllanishi
va ulardan foydalanish bilan bo`gliq qismi namoyon bo`ladi. Soliqlar, zayomlar va boshqalar
asosida davlat byudjeti daromadlari shakllantirilishi orqali yirik moliyaviy resurslar jamlanadi.
Ushbu resurslarning umumiy xajmi YaIM ga nisbatan davlat byudjeti xarajatlarida namoyon
bo`ladi. 2000 yilda rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjeti xarajatlari YaIM ga nisbatan foiz
hisobida AQSh 29% dan Frantsiyada 51% gacha tebranganligini kuzatish mumkin. Butun
YEIRXT mamlakatlari bo`yicha – 36,5%, shulardan, Italiyada – 46,7%, Germaniyada – 43%,
Yaponiyada – 38,2%, Kanadada – 37,8%
3
. O`zbekiston Rspublikasida davlat byudjeti xarajatlari
YaIM ga nisbatan 29,5% ni tashkil etadi. (maqsadli fondlar bilan – 38,5%)
Bu esa davlat byudjeti iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda muhim vosita
ekanligini ko`rsatadi. Davlat byudjetining boshqaruvchanlik roli qayta taqsimlangan milliy
daromadning bir qismini davlat mulki shakliga aylantirish ko`rinishida namoyon bo`ladi. Byudjet
orqali, uning resurslaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish sohalari o`rtasida, moddiy va
nomoddiy sohalar o`rtasida, tarmoqlar o`rtasida, hududiy birliklar va aholini ijtimoiy guruhlari
o`rtasida milliy daromadni qayta taqsimlash amalga oshiriladi. Byudjet makroiqtisodiy
mutanosiblikka erishish va uni qo`llab-quvvatlashda muhim dastak bo`lib hisoblanadi. Asosan
iste`mol va jam`garish fondlari o`rtasidagi zarur mutanosiblikni saqlab turishda davlat
byudjetining roli kattadir. Byudjetning takror ishlab chiqarishga ta`siri, iqtisodiyot va madaniyatni
rivojlantirish, tarkibiy qayta qurishni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan moliyaviy resurslar
bilan ta`minlashda namoyon bo`ladi. Byudjet davlatning iqtisodiy siyosatini yuritishda muhim
vosita bo`lib hisoblanadi.
Byudjetga iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish dastagi, takror ishlab chiqarishni oldindan
aniqlash jarayonida, ya`ni ishlab chiqarish kuchlariga va ishlab chiqarish munosabatlarini
takomillashtirishga ta`sir etuvchi vositasi sifatida qaraladi. Alohida davrlarda esa, xo`jalik-
tashkiliy faoliyatiga, davlat siyosati va iqtisodiy siyosatni ilmiylik darajasiga bo`gliq holda
islotlarni amalga oshirishda byudjetning roli kattadir.
Asosiy ishlab chiqarish kuchlari bo`lgan ishlab chiqarish xodimlari malakasini oshirishdagi
muhim vazifalar ham byudjetga bo`gliqdir.
O`zbekistonda zarur takror ishlab chiqarish proportsiyasiga erishishda byudjetning roli va
bunday proportsiyaga erishish uchun milliy daromadni qayta taqsimlashdagi byudjetning roli
haqidagi ba`zi tasavvurlar quyidagi dalillar beradi: misol uchun, byudjetga yengil va oziq-ovqat
sanoatidan tushgan tushumlardan shu tarmoqlarga byudjetdan qilingan xarajatlar bir necha marta
ko`p bo`ladi. Bu boshqa tarmoqlarda yaratilgan milliy daromadning bir qismini yuqorida sanalgan
tarmoqlarga yo`naltirilishini anglatadi va tarmoqlar o`rtasida, shu jumladan moddiy va nomoddiy
ishlab chiqarish sohalari o`rtasida qayta taqsimlash yuzaga keladi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tarkibiy
qayta qurishda byudjet muhim o`rinni egallaydi.
O`zbekiston Respublikaisining davlat byudjeti daromadlarining tarkibi uning zarur takror
ishlab chiqarish mutanosibligini ta`minlash, iqtisodiy siyosatining muhim vazifalarini xal
etishdagi o`rni haqida yaqqol tasavvurlarni imkonini beradi.
3
Вопросы экономики. 2002 №11 5-бет
Davlat byudjet orqali ilmni, ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda faol ishtirok etadi.
Bir qator mamlakatlarda ilmiy texnik taraqqiyot loyiha ishlari (ITTLI) ga umumiy byudjet
xarajatlarning 50% ajratiladi. (AQSh – 46,4%, Frantsiyada – 49,3%)
4
Byudjet resurslari ITTLI bilan bir qator tarnsport va informatsion tuzilmani yaratishga,
hamda aholini ma`lumot darajasini oshirishga yo`naltiriladi.
8.2. Soliqlar davlat byudjeti daromadining asosiy manbai va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni
tartibga solish vositasi sifatida.
Soliqlar va ularning xajmi davlat byudjeti xarajatlari miqdoriga bo`gliq bo`lib, byudjet
daromad qismining 90 va undan ortiqroq qismini tashkil etadi. Soliqlar – milliy daromadning bir
qismini davlat mulkiga aylanish xususiyatiga ega. Shuning uchun soliqlarning undirilishi – bu
milliy daromadning bir qismini davlat ixtiyoriga o`tkazish jarayoni hisoblanadi. Rivojlangan
mamlakatlarda soliqlar YaIM ga nisbatan 30% dan 50%gacha tashkil etadi. Soliqlar iqtisodiy
o`sishga muhim ta`sir ko`rsatadi. Soliq yuki yuqori bo`lgan, ya`ni soliq miqdori YaIMga nisbati
yuqori bo`lgan sharoitda iqtisodiy o`sish sekinlashadi, optimal soliq yuki aksincha, iqtisodiy
o`sishni kuchaytiradi va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondiradi. Shu o`rinda soliq yukining
iqtisodiy o`sishga ta`siri bo`yicha tadqiqot natijalarini keltirish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodchi Dj.Skali dunyoning 103 mamlakati bo`yicha ma`lumotlarni umumlashtirish
asosida tadqiqot o`tkazgan. Uning tadqiqotlari shuni ko`rsatdiki, byudjetga undiriladigan
daromadlar past soliq stavkali (19,3% atrofida) mamlakatlarda iqtisodiy o`sish o`rtacha yiliga
2,4% ni tashkil etadi, yuqori stavkali (43,2%) mamlakatlarda esa iqtisodiy o`sish 0,4% dan
oshmasligi ma`lum bo`ldi5. Bundan muallif past proportsional soliqlar maqsadga muvofiq
ekanligi xususida hulosa qiladi. Boshqa tadqiqotchilar soliq stavkalari muayyan optimal darajadan
oshmasligi lozim deb hisoblaydilar. Aynan soliq yukining optimal darajasi bu davlat byudjeti
ehtiyojlari bilan tadbirkorlar manfaatlari o`rtasida qarama-qarshiliklarni xal etishda eng maqsadga
muvofiq yechim hisoblanadi.
Yuqoridagilarga muvofiq, bir qator davlatlarda, shu jumladan O`zbekiston Respublikasida
ham zamonaviy moliyaviy siyosatning muhim yo`nalishlardan biri soliq yukini pasaytirish
hisoblanadi.
Soliqlar davlat byudjetining daromadlar qismini moliyaviy resurslar bilan ta`minlashda
asosiy fiskal funktsiyasi bilan birga, taqsimlash vazifasi va maxsulotlarni alohida turlarini ishlab
chiqarishni ra`gbatlantirish vazifalarini bajaradi. Yoki aksincha, soliqlarni barqaror tutib turish,
ba`zi ishlab chiqarishning o`sishini cheklaydi.
Aholi daromadlariga solinadigan progressiv soliq stavkalari, soliq undirilmaydigan
minimumlarning o`rnatilishi, kam daromadlarga mos tarzda past soliq stavkalari va yuqori
daromadlarga yuqori soliq stavkalarining o`rnatilishi soliqlarning taqsimlash vazifalariga misol
bo`la oladi. AQSh da shaxsiy daromadlar bo`yicha minimal soliq stavkasi 12% ni, yuqori darajasi
esa 36% ni, Yaponiyada esa mos tarzda 10% va 50% ni, Germaniyada 19% va 53% ni, Belgiyada
25% va 55% ni, Niderlandiyada 7,1% va 60% ni tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasida aholi daromadlariga solinadigan minimal soliq stavkasi 11%
ni, yuqori soliq stavkasi esa 22% ni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi norezidentlari
daromadlarini chetga olib chiqishlarini chegaralash maqsadida daromad (foyda) soli`giga
qo`shimchalar kiritilgan bo`lib, chetga chiqadigan daromadlarga qo`shimcha 10 % miqdorda soliq
undirish qonunda ko`rsatilgan. Tovar va xizmatlar eksportini ra`gbatlantirish uchun bu tovar va
xizmatlar qo`shilgan qiymat soli`gidan ozod etiladi.
Aholini ba`zi turdagi tovarlarning iste`molini chegaralash maqsadida alohida tovarlardan
aktsiz egri soliqlarini undirish keng qo`llaniladi
4
Общество и экономика, 1997 г №6, стр.12
5
Налоговой кодекс Республики УзбекистанаТ. 1997 г. 93,112-стр.
8.3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari va vositalari tizimida soliq imtiyozlari.
Turli ko`rinishdagi va shakldagi soliq imtiyozlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning muhim shakli hisoblanadi. Imtiyozlardan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish
maqsadida foydalaniladi. Ular investitsiyalarni, tadbirkorlik faoliyatini, chet el kapitalini jalb
etishni, pul va moddiy resurslarni tejashni, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni va bandlikni
oshirishni ra`gbatlantirish maqsadida qo`llaniladi.
Iqtisodiyotni va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish maqsadida qo`llanilgan soliq
imtiyozlari turli shakllarda namoyon bo`ladi. Eng keng tarqalganlari quyidagilar:
1) Chegirma ko`rinishida soliq kreditlari berish, ya`ni foydani kamaytirilgan soliqlar
hisobiga oshirish. Masalan, AQSh da 1962 yildan buyon 20 yil mobaynida turli investitsion (soliq)
kreditlar qo`llanib kelinmoqda, ya`ni foydalanish muddati 8 va undan ortiq yil bo`lgan, ishlab
chiqarishga kiritilgan uskunalar qiymatining 7 % ga teng miqdorda foyda soli`gi qisqartiriladi.
Yaponiyada ham huddi shunday yangi texnika va texnologiyalarga qilingan
investitsiyaning 7% miqdorida soliq krediti qo`llaniladi. Kanadada mos tarzda soliq chegirmalari
7%dan 20% gacha o`zgarib turadi. Bir qator mamlakatlarda tadbirkorning ITTLI ga qilgan
xarajatlari o`rtacha yillik foydani belgilangan ulushidan ortiq bo`lsa, qisqartirilgan soliq shaklidagi
soliq krediti qo`llaniladi. Masalan, AQSh da bazis davriga nisbatan o`rtacha yillik me`yoridan
ITTLI ga qo`shimcha qilingan xarajatlarning 20%ga teng miqdorda foyda soli`gi kamaytiriladi.
Frantsiyada ITTLI ga qo`shimcha qilingan xarajatlarning 50% ga teng miqdorda foyda soli`gi
qisqartiriladi, Kanadada esa qo`shimcha qilingan xarajatlarning 100% ga teng miqdorda foyda
soli`gi kamaytiradi
6
.
Soliq krediti shaklidagi imtiyozlar ta`lim olish (asosan oliy ma`lumot) uchun yakka
tartibdagi haq to`lovchilarga ham qo`llaniladi. AQSh dan keyingi ta`lim uchun to`lov miqdorining
dastlabki 5 ming dollariga 20 % chegirma miqdorida «Ta`lim soliq krediti» hamda 13-17 yoshdagi
xar bir o`quvchiga yiliga 500 dollar miqdorda soliq imtiyozi joriy etilgan7.
2) Imtiyozning ikkinchi shakli – soliqdan butunlay ozod etish yoki pasaytirilgan soliq
stavkalarini o`rnatishdir. Bunday imtiyozlar kichik tadbirkorlikni ra`gbatlantirish maqsadida
qo`llaniladi. Bunga qishloq xo`jaligi maxsulotlarini qo`shilgan qiymat soli`gidan ozod etilishini
ham kiritish mumkin. Bunday imtiyozlar respublikamizda ham keng qo`llaniladi.
3) Soliq imtiyozlarining uchinchi shakli – tezlashtirilgan amortizatsiya usulini qo`llanilishi,
ya`ni olinadigan foydaning xajmini tezlashtirilgan amortizatsiya miqdoriga qisqartirish usulidir.
Xukumat tomonidan belgilangan oshirilgan amortizatsiya xarajatlarini ishlab chiqarish
xarajatlariga qo`shishga ruxsat beradi. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari oshadi, biroq
soliq miqdorini qisqarishi hisobiga olinadigan foyda miqdori o`zgarmaydi.
Mutanosiblikni tartibga solish uchun boshqa imtiyozlar ham qo`llaniladi. Misol uchun,
AQSh da foydaning ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari qurilishiga yo`naltirilgan qismi soliqlardan
ozod etiladi. Ba`zi mamlakatlarda mehnatga haq to`lash va ishlab chiqarishni texnik qayta
qurollantirishga sarflanadigan mabla`glarni soliqqa tortishning alohida tizimlari qo`llaniladi.
Misol uchun, Frantsiyada texnik qayta qurollanishga sarflanadigan mabla`glarga solinadigan
soliqlar juda ham past. Germaniya va Frantsiyada qo`shimcha ish o`rinlarini yaratish uchun
qilingan xarajatlarga maxsus soliq imtiyozlari kiritilgan
8
.
Respublikamizda ham iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish maqsadida soliq imtiyozlari
tizimidan keng qo`llaniladi. O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq chet el
investitsiyasi bilan tashkil etilgan, import o`rnini bosuvchi va eksportga yo`naltirilgan maxsulot
ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish korxonasi daromadi (foydasi) ishlab chiqarishni boshlagandan
5 yil muddatgacha soliqlardan ozod etiladi. Agar, ishlab chiqarish xajmining 25% dan orti`gini
6
Денги и кредит. 1996, №3, стр.61
7
Мировая экономика и международные отношения. 2001, №4, стр.27
8
Экономист. 1992. №10. стр. 37
bolalar assortimentidagi tovarlar tashkil etsa va korxona ustav fondida chet el kapitali ulushi 50%
dan ortiq bo`lsa 2 yilgacha soliqlardan ozod etiladi. Qishloq joylarda va aholi punktlari hududida
yangi tashkil etilgan xalq iste`moli tovarlarini ishlab chiqarish va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini
qayta ishlovchi korxonalar ishlab chiqarishni boshlagandan to 3 yil muddatgacha soliqlardan ozod
etiladi. Umumiy ishchilar sonining 75%dan kam bo`lmagan qismi o`rta maktab o`quvchilaridan va
kasb-xunar o`quv yurtlari o`quvchilaridan tashkil topgan yuridik shaxslarning daromadlari(foyda)
soliqlardan ozod etiladi.
Ekologiyaga, so`glomlashtirish va xayriya fondlariga, madaniyat muassasalariga, xalq ta`limi va
so`gliqni saqlashga badallar to`lash hisobiga daromadni(foydani) soliqqa tortishni kamaytirish
shaklidagi imtiyozlar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: |