Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Narxsiz raqobatda
raqobat urashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki 
uning sifati, servis xizmat ko`rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro`-e`tibori 
hisoblanadi.
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo`lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o`rin 
tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste`molchilarga 
xizmat ko`rsatishni yaxshilash yo`li bilan sotiladigan tovar hajmini ko`paytirishi mumkin. 
Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo`lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab 
chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur bo`lgan mabla`gni sarflash imkoniyatiga egadirlar. 
6.2. Iqtisodiy monopolizmga qarshi chora-tadbirlar.
Davlat bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning asoslaridan biri bo`lgan raqobat mexanizmining 
to`liq ishlashi uchun hamda aholini ma`lum darajada ijtimoiy himoyalash maqsadida iqtisodiy 
monopolizmga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 
Ma`lumki, sobiq sotsialistik mamlakatlarda, shu jumladan, sobiq covet ittifoqida davlat 
mulkining yakkahokimligi, rejali xo`jalik yuritish tizimining amal qilishi oqibatida iqtisodiy 
raqobat uchun sharoit bo`lmadi. Tadbirkorlik va tanlash erkinligi ham mavjud emasdi. Shu boisdan 
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tish uchun raqobatchilikni tiklash lozim bo`ladi. Buning uchun 
davlat mulkini uning ixtiyoridan chiqarish va xususiylashtirishning o`zi kifoya qilmaydi. Chunki 
yangidan tashkil topadigan aktsionerlik jamiyatlari, kontsern, uyushmalar, xususiy firmalar yana 


iqtisodiy yakkahokim bo`lib qolishlari mumkin. Shu boisdan rivojlangan mamlakatlarda to`plangan 
yakkahokimlikka qarshi kurash tajribalari asosida antimonopol siyosatni ishlab chiqish va amalga 
oshirish maqsadga muvofiqdir. 
Dastlabki monopolizmga qarshi qonun 1890 yilda (trestlarga qarshi Sherman qonuni) AQShda 
qabul qilingan. Hozirgi davrda ana shunga o`xshash qonunlar deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda 
qabul qilingan bo`lib, mazkur qonunchilik asosan uch yo`nalishga ega. Birinchidan, har qanday 
yirik firma, korporatsiya mahsulot ishlab chiqarishning 40-50 foizdan orti`gini o`z qo`lida 
to`plamasligi zarur. 
Ikkinchidan, barcha yirik korxonalar jismoniy va yuridik shaxslar uchun o`zining va boshqa 
hissadorlik jamiyatlari aktsiyalarining to`planadigan ulushlari miqdori cheklab qo`yiladi. Uchinchidan, 
bozor baholarini talab va taklif nisbatini inobatga olmay, o`zaro kelishib belgilash va ushlab turishga 
qaratilgan kelishuvlar, bozorlarni o`zaro taqsimlab olishlar man qilinadi. 
Monopoliyaga qarshi qonunchilikni tatbiq etish uchun maxsus ma`muriy muassasalar, qo`mitalar 
tuziladi. Ular korxonalarning tuzilishiga, qimmatbaho qo`gozlarning taqsimlanishiga aralashadilar va 
barcha uchun majburiy qaror ishlab chiqaradi. Bunda Yaponiya tajribasi qo`l kelishi mumkin. 
Yaponiyada Ikkinchi jahon urushidan keyin yakkahokim monopoliyalarni man qiluvchi qonunga 
amal qilishni nazorat qiluvchi odilona kelishuvlar yuzasidan tashkil topgan qo`mita keng vakolatlarga 
ega bo`lib, mazkur qo`mita mustaqil ravishda ish yuritadi. Agar amaldagi qonunchilikning buzilishini 
qo`mita aniqlasa va bu holat sud tomonidan tasdiqlansa, uni buzgan firmaga juda katta jarima solinadi. 
Qo`mita o`zaro raqobat qiluvchi korporatsiyalarning bir-birlari bilan kartel shartnomalari tuzishlarini 
man qiladi. Agarda ana shunday shartnomalar iqtisodiy zarurat sifatida tuzilsa, qisqa muddatli bo`lishi 
nazorat qilinadi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin