tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda me`yorlarini
o`rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
Iqtisodiy adabiyotlarda
bir tarmoq ichidagi raqobatning
to`rtta shakli alohida ajratib
ko`rsatiladi. Bular: sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va oligopoliyadir.
Sof raqobat
sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko`p sonli
korxonalar mavjud bo`ladi. Ayni paytda, ushbu mahsulot xaridor va iste`molchilarining soni ham
juda ko`p bo`ladi.Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o`rnata
olmaydi yoki nazorat sezilarsiz darajada bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: