Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo`lganligi sababli, u mavjud mahsulot
(xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi
Monopolistik raqobat o`z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda
tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o`nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx
hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir
ishlab chiqaruvchi o`z mahsulotini tabaqalashtirish, ya`ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi
bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo`yicha farqlash orqali
uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko`p bo`lmagan korxonalarning mavjud bo`lishi va
hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab
chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda
`girrom va halol raqobatlashuv usullari ham ajratib
ko`rsatiladi. Raqobatlashuvning noan`anaviy, jamiyat tomonidan e`tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq
qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya`ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash,
raqiblarning obro`siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish `girrom raqobat deb
yuritiladi.
Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullarni
qo`llash, o`zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi
holatlarni qo`llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuv kurashning asosiy usuli bo`lib, ishlab chiqaruvchilarning
o`z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan
pasaytirishi hisoblanadi.