3-amaliy mashg`ulot Mavzu: Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash. Tayanch tushuncha va atamalar



Yüklə 18,17 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü18,17 Kb.
#196201
3-amliy mashg`ulot


3-amaliy mashg`ulot
Mavzu: Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash.
Tayanch tushuncha va atamalar:faol diqqat, temperament, tip, xolerik, sangvinik, flegmatik, melonxolik.
Darsning jihozi: darslik, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, mavzu mazmunini yoritadigan plakatlar, chizmalar, kompyuter, proyektor, ekran.
Darsda foydalaniladigan usul, uslub va texnologiyalar: og`zaki, ko`rgazmali, suhbat, munozara, “Aqliy hujum” usuli, “Blits-so`rov” usullari, hamkorlikda o`qitish metodlari.
Reja:
1)O’quvchilarda faol diqqat tezligining aniqligini o’rgatish.
2)Shaxs temperamenti haqida tushuncha
3) Faol diqqat tushunchasi haqida ma’lumot
Shaxsning kichik tuzilmalaridan biri temperament bo’lib, u shaxsning ruhiy jarayonlar dinamikasini tavsiflab beradigan xususiyatlardir. Amalda temperamentning to’rtta asosiy tipi farq qilinadi:
- xolerik
- sangvinik
- flegmatik
- melonxolik
1. Xolerik temperament- jo’shqin, shiddatli, qizg’in va keskin bo’ladi.
2. Sangvinik temperament- jonli, harakatchan, ta’sirlanuvchan va mehribon.
3.Flegmatik temperament- osoyishta, bo’shang, sust va beqaror.
4.Melonxolik temperament- g’amgin, mayus, jur’atsiz va qat’iyatsiz.
Yuqorida aytilgan temperament yoki tiplar bir-biri bilan qo’shilib ketishi
mumkin, I.P.Pavlov nazariyasi bo’yicha 3 ta tip mavjud:
1. Fikrlash
2. Badiiy
3. O’rtacha

Diqqat- ongimizning o’zimiz idrok etayotgan tasavvur qilayotgan, fikr


yuritayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga jamlash
demakdir. Psixik faoliyatning muayyan yo’nalishda bo’lishi odam ongining
narsalar va hodisalarni saralab idrok etishga qaratilganligi diqqat deb ataladi.
Diqqatning fiziologik negizi bosh miya po’stlog’ining muayyan sohalarida
optimal q’o’zgaluvchan o’choqlardea qo’zg’alishning to’planishidir, bu vaqtda
po’stloqning boshqa sohalari tormozlanish holatida bo’ladi.
Diqqat ixtiyoriy va beixtiyoriy turlarga bolinadi. Agar ong yo’nalishi va bir
joyga joylashmaganligini odamning irodasi taqozo qilmaganda beixtiyor
diqqat to’g’risida fikr yuritiladi. Bunday diqqat yuzaga kelishida odamning
odatlari, qo’zg’atuvchining organizm ichki holatiga mos kelishi, muttasil bir
narsani kutishi va hokozolar muhim o’rin tutadi. Beixtiyor diqqat negizida
albatta mo’ljal olish refleksi yotadi, u yangidan paydo bo’lgan qo’zg’atuvchiga
javob berishga hamisha tayyor bo’lib turadi. Diqqat paytida ongning bir
nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishidan iboratdir, bunda go’yoki ong
doirasi anchagina tig’izlashadi. Ana shunday torayish va tig’izlashish tufayli
ong doirasi juda ham yorqinlashadi, ongning eng tig’izlangan va binobarin,
eng yorqin nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Diqqatning buzilishi
diqqatsizlik yoki diqqatning susayishi bilan namoyon bo’ladi. Diqqatsizlikning
birinchi turi diqqatning tarqoq bo’lishi va kam tig’izlanishi bilan
xarakterlanadi.
Faol diqqat tezligini aniqlash uchun 1dan 25 gacha
raqamlar tartibsiz joylashtirilgan to’rtta jadvaldan foydalaniladi. Bu jadvallar
orqali ma’lum vaqt mobaynida raqamlar tartib bilan topiladi, so’ngra faol
diqqatning konsentratsiyasi aniqlanadi. Tajriba fiziologik holatda va jismoniy
yuklama berilgandan keyin (20 marta o’tirib, turish) bajariladi.
Yuklamadan oldin
12 1 15 22 6 8 12 16 19 25
19 5 9 10 16 3 21 18 23 14
13 2 17 23 8 1 7 20 11 15
3 11 14 4 24 4 2 10 6 9
21 25 18 7 20 13 5 17 22 24
Yuklamadan keyin
21 11 14 22 7 25 6 22 10 18
4 2 10 6 9 13 1 11 16 8
25 20 17 12 15 3 7 24 12 2
1 3 24 18 13 5 9 14 17 19
8 16 19 23 5 20 4 23 21 15

Tekshiruvchi tekshiriluvchiga 30 sekund davomida sonlarni ketma-ketlikda


ya’ni 1,2,3,4,5 tartibda topishligini aytadi. Topish tezligiga qarab faol diqqat
tezligi aniqlanadi.
Asosiy adabiyotlar:
1.Almatov K. “Ulg‘ayish fiziologiyasi”. T.:M.Ulug‘bek nomidagi bosmaxonasi. 2004
2.Abdullayeva D.R. “Yosh fiziologiyasi va gigiyena”. Adabiyot uchqunlari.
Bosm
axonasi. T.2020
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” Thiemestuttgart·New York http: //www.bestmedbook.com/2004.
2. Aripova S.X. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. T.: Fan va texnologiya 2010.
3. Maxmudov E. O’smirlar fiziologiyasi va maktab gigiyenasi. T.:O’qituvchi. 1994.
Axborot manbalari:
1.www. tdpu. uz.
2.www. pedagog. uz.
3.www. ziyonet. uz.
Yüklə 18,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin