imkoniyat yaratiladi. Shunga bo`gliq ravishda “kompensatsion resurslar” va “kompensatsion
salohiyat” (potentsial) tushunchalarini bir-biridan farq qilish lozim bo`ladi.
Kompensatsion resurslar o`z mazmuniga ko`ra su`gurta, zaxira, rezerv resurslarini anglatadi.
Kompensatsion salohiyat (potentsial) mamlakat iqtisodiyotining tanglik, noxush holatlarga
qayishqoqligini, uning oldini olish va uni yengib o`ta olish, xo`jalik jarayonlarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning barqarorligi va mustahkamligini tiklay olish qobiliyatini anglatadi.
Kompensatsion salohiyat milliy iqtisodiyotning, xalq xo`jaligining biron-bir sektori yoki biron-bir
yirik hududda noxushliklar vujudga kelganida ularni tiklay olishga qodirligini ifodalaydi.
Kompensatsion salohiyat o`z ichiga quyidagilarni oladi:
- ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarakteridagi moddiy zaxiralar;
- hududlar bo`yicha joylashtirilgan maxsus zaxiralar;
- tanglik, noxush holatlar sodir bo`lgan joylarga moddiy resurslarni yetkazib berish uchun
zarur bo`lgan qo`shimcha transport vositalari imkoniyatlari;
- yirik tiklash ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan qo`shimcha rezerv quvvatlari,
ayniqsa, energetika tarmoqlarida, shuningdek, texnik vositalar;
- aholiga ijtimoiy yordam ko`rsatish va aholining ijtimoiy qo`nikish hosil qilishi uchun
rezerv imkoniyatlarni saqlash (11.1.3-chizma).
11.1.3-chizma
Kompensatsiya salohiyati komponentlari
Kompensatsiya salohi
Mamlakat iqtisodiy tizimining turli darajalaridagi iqtisodiy munosabatlar iqtisodiy xavfsizlik
ob`ektlari hisoblanadi;
- makroiqtisodiy darajadagi mamlakat iqtisodiyoti;
- hududiy va tarmoq darajasidagi hudud va tarmoq iqtisodiyoti;
Kоmpensatsiоn salоhiyat
Dostları ilə paylaş: