- ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (so`gliqni saqlash, ta`lim, jismoniy tarbiya, sport
va madaniyat) moddiy bazasini qo`llab-quvvatlash va mustahkamlash.
Shuni ta`kidlab o`tish joizki, davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy-madaniy, aholini ijtimoiy
himoya qilish tadbirlariga ajratilgan xarajatlar ulushi 1990 yildagi 31,5% dan 2012 yilda 59%ga
o`sgan.
Endilikda kuchli ijtimoiy siyosat aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga,
ishonchli, aniq manzilli, ya`ni shunga muhtoj aholi guruhlarini ijtimoiy himoya qilishga
qaratiladi.
Buning uchun aholi daromadlari va mehnat haqlarining faol iqtisodiy faoliyatni
ra`gbatlantirishdagi rolini oshirish lozim bo`ladi.
Shuningdek, aholining oqilona, samarali ish
bilan bandligini ta`minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ra`gbatlantirish, iqtisodiyotning aniq sektorida yangi ish
o`rinlarini
yaratish, mehnat bozori infratuzilmalari, shu jumladan, mehnat birjalari faoliyati
samaradorligini oshirish lozim bo`ladi. Kam ta`minlangan aholini maqsadli, ishonchli ijtimoiy
himoyalash uchun, avvalambor, aniq ehtiyojlardan va imkoniyatlardan
kelib chiqqan holda
muhtoj oilalarga subsidiya, mikrokreditlar berish, ularga mikrofirma, kichik korxona,
fermer
xo`jaliklarini tashkil etishlari uchun sharoitlar yaratish kerak bo`ladi.
Davlat turli soliq, kredit imtiyozlari tizimini yaratish orqali fuqarolarning, jamoat
tashkilotlari hamda xo`jalik sub`ektlarining homiylik, xayriya ishlariga mabla`glar ajratishlarini
ra`gbatlantirish chora-tadbirlarini kuchaytirishi ham maqsadga muvofiqdir.
Asosiy tushuncha va atamalar
Ijtimoiy soha, ijtimoiy-madaniy maqsadlarga davlat xarajatlari,
aholini ijtimoiy himoyasiga
xarajatlar, hayot kechirish minimumi, eng kam ish haqi, yuqori narx, eng kam pensiya, so`gliqni
saqlashga xarajatlar, qashshoqliq.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Ijtimoiy sohaning qaysi elementlarining rivojlanishiga faqatgina davlat samarali ta`sir
eta olishi mumkin?
2.
Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning zarurati nimalar bilan bo`gliq?
3.
Jamiyat rivojlanishida inson omili rolining oishi nimalarga bo`gliq?
4.
Mehnat bozori nima va uning asoaiy elementlari nimalardan iborat?
5.
Mehnat bozori davlat tomonidan qanday tartibga solinadi?
6.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan hozirgi davrda rivojlangan
mamlakatlarda ishsizlikning o`sib borishi sabablarini izohlab bering.
7.
O`zbekistonda aholining ish bilan bandligini oshirish uchun qanday tadbirlar amalga
oshirilmoqda?
8.
O`zbekistonda yoshlarni ish bilan ta`minlash borasida nimalar amalga oshirilmoqda?
9.
Davlatning daromadlar siyosatiningmazmunini tushuntirib bering.
10.
.Davlat aholi daromadlarini oshirish bo`yicha qanday siyosat yuritmoqda?
11.
O`zbekistonda aholi daromadlari va turmush darajasining o`sishi
tendentsiyalarini
izohlab bering.
12.
.Ijtimoiy himoya siyosatining mohiyatini tushuntirib bering.
13.
O`zbekistondakam ta`minlangan aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmi va
samaradorligini tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: