Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Daromadlar siyosati va aholi turmush



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

10.5. Daromadlar siyosati va aholi turmush 
darajasining o`sishi 
Aholining turmush darajasi ko`p jihatdan uy xo`jaliklarining jam`garilgan aktivlari va 
oilalarning joriy daromadlariga bo`gliq bo`ladi. O`zbekistondagi oilalarning 98 foizi, joriy moddiy 
holatidan qat`i nazar, o`zlarining xususiy mulki bo`lgan shaxsiy turar-joylariga ega. Oilalarning 
katta qismi, jumladan, qishloq joylarida yashovchi kam ta`minlangan aholining katta qismi esa – 
96,7 foizi, qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish yoki kichik tadbirkorlik faoliyatini yuritish 
mumkin bo`lgan, meros qilib qoldiriladigan tomorqa yerlariga ega (10.5.1-jadval). 
10.5.1-jadval 
Oilalarning o`z uy-joyi va meros qilib qoldiradigan tomorqa yerlari bilan 
ta`minlanganligi 
 
Joriy 
daromadlar 
bo`yicha 
kvintillar 
Kvintilda 
o`z 
uy-joyiga 
(individual uy yoki ko`p 
xonadonli uyda kvartiraga) 
ega bo`lgan oilalar salmo`gi, 
(%da) 
Kvintilda tomorqa yeriga ega 
bo`lgan 
oilalar 
salmo`gi, 
(%da) 
1 kvintil 
98,2 
87,3 
5 kvintil 
97,8 
56,2 
Yashash joyi 
Shahar 
94,9 
51,9 
Qishloq 
98,3 
96,8 
Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 
Turmush darajasining muhim xususiyati, aholi uchun munosib turmush sharoitini 
ta`minlaydigan kommunal xizmatlarning asosiy turlaridan foydalanish imkoniyatlari 
hisoblanadi. 
Mamlakatimizda 1990-2010 yillar davomida ikkita maqsadli davlat dasturi – Aholini 
toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta`minlash dasturlari amalga oshirildi. Mazkur 
dasturlarni amalga oshirish mobaynida, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mabla`glar, 
shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlarning jalb qilgan kreditlari hisobidan 114,2 ming 
km. masofada suv tarmoqlari va 77,3 ming km. masofada gaz tarmoqlari qurib bitkazildi. 
2011 yilning boshidagi holatiga ko`ra, aholining markazlashgan suv ta`minotidan 
foydalanish darajasi 82,6 foizni, gaz uchun esa – 83,7 foizni tashkil etdi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin