Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning shakllari va usullari



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
10.3. Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning shakllari va usullari. 
Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning usullari va shakllari ko`pgina 
omillarga bo`gliq. Ulardan: iqtisodiy rivojlanish darajasi, ushbu sohada davlat va nodavlat 
sektorlarining mutanosibligi, davlatning iqtisodiy siyosati va boshqalar. 
Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning asosiy shakllari bo`lib: qonunchilik 
aktlari, byudjet-kredit va soliq shakllari, ijtimoiy sohaning bir qismini, ya`ni davlatga tegishli 
bo`lgan korxona va tashkilotlarni to``gridan-to``gri boshqarish. 
Masalan, MDH mamlakatlarida va shu qatori O`zbekistonda ham ijtimoiy sohani tartibga 
solishning quyidagi shakllari qo`llaniladi: 
1)
mulkchilik shaklidan qat`iy nazar ishchilar uchun eng kam ish haqi darajasi, pensiya, 
ish kunining davomiyligi, mehnat tatilining davomiyligi qonunda belgilash yo`li bilan 
tartibga solish; 
2)
byudjet xodimlari uchun va davlat tashkilotlaridagi ishchilar uchun mehnatga haq 
to`lash tizimi tariflarini o`rnatish; 
3)
pensiya, nafaqalar, stipendiyalar darajasini o`rnatish, urush va mehnat fronti 
qatnashchilari uchun imtiyozlar tizimini o`rnatish; 
4)
ishchilar uchun progressiv soliq stavkalarini o`rnatish; 
5)
ijtimoiy soha tarmoqlari o`rtasida davlat byudjeti xarajatlari eng optimal proportsiyasini 
o`rnatish; 
6)
ko`proq ijtimoiy-zaruriy maxsulot va xizmatlarning yuqori narxlarini o`rnatish orqali 
aholi daromadlarini tartibga solish, inflyatsiya jarayonida esa pesionerlar, davlat 
ijtimoiy soha ishtirokchilari ishchilarining daromadlarini indeksatsiyalash. 
Eng kam ish haqining miqdori iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab belgilanadi. Masalan, 
G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida eng kam ish haqi ancha yuqori ekanligini bilamiz. Biroq 
shu o`rinda turli narx darajalarini ham hisobga olish zarur. G‘arb mamlakatlarda soatbay ish 
haqining quyi chegarasi soatiga 5 dollar hisoblanadi. 
Shu qatorda davlat tomonidan o`rnatilagn eng kam ish haqi darajasidan aholini turmush 
darajasini taxlil etishda va mutloq qashshoqlik ko`rsatgichi sifatida foydalaniladi. Eng kam ish 


haqi iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va bandlikka ham bo`gliqdir. Masalan, Jahon banki 
mutaxassislari tomonidan mutloq qashshoqlik darajsini aniqlashda aholini bir kunda 2,15 dollar 
daromad oladigan qisminigina hisobga olishadi. 
Quo`ida rivojlangan mamlakatlar qatori markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy sohani islohotlar olib borilmoqda, ijtimoiy 
maqsadlarga daromadlarni taqsimlash munosabatlari o`zgarmoqda. Asosan pensiya tizimida 
sezilarli o`zgarishlar va pensiya islohotlari olib borilmoqda. Pensiya yoshi oshmoqda, davlat 
pensiya fondi bilan birga nodavlat pensiya fondlari shakllanmoqda. Jam`garib boriladigan pensiya 
fondi tizimi joriy etilmoqda. 
Shunday bo`lsada, pensionerlar soni oshmoqda, pensiya uchun resurslarni oshirish talab 
etilmoqda, pensiya yoshi uzaymoqda. Masalan Angliya va boshqa qator mamlakatlarda 65 
yoshdan pensiyaga chiqish haqida taklifi qo`yilmoqda. Eng ko`p jon boshiga ijtimoiy maqsadlarda 
qilingan xarajatlar Skandinaviya mamlakatlariga xosdir. Bu mamlakatlarda pensiya fondini 
shakllantirishni davlat o`z zimmasiga olgan. Germaniyada biroz boshqacha yondashuv mavjud. 
Pensiya fondini yaratishni aholining o`zi qabul qilgan, ya`ni uning o`zi ushbu fondga badalini olib 
borib berishi lozim. Ijtimoiy su`gurta fondini shakllantirishda xususiylashtirishlar olib borilmoqda, 
shu qatori Lotin Amerikada ham. Bunda tadbirkorlar ijtimoiy su`gurta fondi badallaridan ozod 
etiladi. Bu fondning resurslari ishchilarning badallari hisobiga va vaqti-vaqti bilan beriladigan 
davlat resurslari hisobiga shakllanadi. 
Qator mamlakatlarda mutloq qashshoqlik ko`rsatgichi o`rnida xayot kechirish minimumi 
ko`rsatgichi qabul qilingan. Turli mamlakatlarda bu ko`rsatgich turlichadir. Qashshoqlik jihatini 
o`rtacha ish haqiga nisbatan foiz ko`rinishda aniqlash mezoni keng tarqalgan. Masalan, 
Bolgariyada hayot kechirish minimumi o`rtacha ish haqining 53-65% ga teng, Chexiyada 55-56% 
ga, Polshada 36% ga teng. Keltirilgan ko`rsatgichdan kam daromadga ega bo`lganlar qashshoqlar 
toifasiga kiritiladi. 
O`zbekistonda ijtimoiy siyosat ustuvor yo`nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich 
amalga oshiriladi. Xalq ta`limi va so`gliqni saqlash uchun resurslarning shakllanishida 
o`zgarishlar bo`lib, davlat oliy va o`rta bilim yurtlarida shartnoma asosida ta`lim berish va o`quv 
yurtining yangi shakllari yuzaga keldi. So`gliqni saqlashda pulli va bepul xizmatlar ko`rsatish 
ko`rinishlari yuzaga keldi. Ijtimoiy su`gurtada ko`p bolali oilalarga maxalla yi`ginlari tomonidan 
yordam ko`rsatishning roli oshdi.

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin