Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Davlatning bandlik siyosati va aholini ish bilan ta`minlash



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

10.4. Davlatning bandlik siyosati va aholini ish bilan ta`minlash 
Mehnat bozori bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. Mehnat bozorida mehnat 
sotilmaydi, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyati, mehnat xizmati sotiladi
1
, chunki mehnat 
kishilarning ma`lum maqsadga yo`naltirilgan faoliyati jarayoni bo`lib, unda ishchi kuchi bilan 
ishlab chiqarish vositalari qo`shilishi natijasida kishilarning ehtiyojlarini qondirishga 
mo`ljallangan mahsulot yaratiladi va xizmat ko`rsatiladi
2
.
Mehnat bozorida ishchi kuchini sotish va sotib olish erkin xodimni ishga yollash shaklida 
namoyon bo`ladi. Ishga yollash ma`lum shartlar, ya`ni ish kunining uzunligi, ish sharoitlari va 
rejimi, ish haqining miqdori, bajariladigan ish turi, lavozim va kasb majburiyatlari asosida amalga 
oshiriladi. Mehnat bozori yollanma ishchi, xodim va ish beruvchi, tadbirkorning iqtisodiy 
erkinligiga asoslanadi. Demak, ishchi kuchi mehnat bozorining ob`ekti hisoblanadi. 
Uning sub`ektlari quyidagilardan iborat: 
- ishlab chiqarish vositalari egalari, ish beruvchilar va ularning manfaatlarini ifodalovchi 
uyushmalar (tadbirkorlar uyushmalari); 
- yollanma ishchi, xodimlar, ya`ni ishchi kuchi egalari va ularning manfaatlarini ifodalovchi 
tashkilotlar, kasaba uyushmalari; 
1
Курс экономическай теории: Учебник. 4-е доп и перераб изд. Киров : “АСА” 1999, – С.231. 
2
Шодмонов Ш.Ш., Ғафуров У.В. Иқтисодиёт назарияси. / Маъруза матни/ -Т., 2007, 23-бет. 


- davlat. Davlat o`zining turli boshqarish organlari orqali ish beruvchi va yollanma xodimlar 
o`rtasida vosita bo`lib, ular o`rtasidagi ishga yollash bo`yicha bo`ladigan mehnat munosabatlarini 
tartibga soladi. 
Mehnat (ishchi kuchi) bozori quyidagi vazifalarni bajaradi: 
- ishchi kuchini zamonaviy ehtiyojlarga asosan takror ishlab chiqarishni ta`minlashga 
ko`maklashish; 
- ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar o`rtasida taqsimlanishi va qayta 
taqsimlanishini ta`minlash; 
- ishchi kuchining mobilligi, ya`ni harakatchanligini faollashtirish; 
- mehnat unumdorligini o`stirishga ra`gbatlantirish; 
- mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta`minlanishi orqali aholi daromadlari va turmush 
hdarajasini o`stirish. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin