3-masala Germaniyada X1X asr oxiri XX asr boshlarida 30 yil davomida ishchilarning ish haqi 25%ga
o`sgan. Shu vaqt davomida turmush qiymati 40%ga oshgan. Real ish haqining o`zgarishini
aniqlang.
4-masala. Asosiy kapital 100 mln. so`m, uning xizmat qilish muddati 10 yil. Aylanma kapital – 8 mln.
so`m. Shundan 2 mln. so`m ishchi kuchini sotib olishga sarflangan. Qo`shimcha qiymat normasi –
200% bo`lsa, avanslangan kapitalni, ishlab chiqarish xarajatlarini va yillik mahsulot qiymatini
aniqlang.
5-masala. Avanslangan kapital – 200 mln. so`m, shundan – 180 mln. so`m doimiy kapital. Qo`shimcha
qiymat normasi 150% dan 200% gacha o`sgan. Foyda normasining o`zgarishini aniqlang.
6-masala. Sanoat kapitali – 800 mln. so`m bo`lib, shundan 200 mln. so`mi o`zgaruvchi kapitaldan iborat.
Qo`shimcha qiymat normasi 150%, savdo kapitali 200 mln. so`m bo`lsa, quyidagilarni hisoblang:
a) sanoat va savdo soxasidagi tadbirkorlarning o`rtacha foyda normasini;
b) sanoat va savdo soxasidagi tadbirkorlarning foydasini.
7-masala. Tadbirkor 1 yilda 2% to`lash sharti bilan 100 mln. so`m kapitalni ssudaga olgan. O`rtacha
foyda normasi – 10%. Tadbirkorlik daromadi va foizni aniqlang.
8-masala. Bankning xususiy kapitali 115 mlrd. so`m, banka qo`yilgan kapital 900 mlrd. so`m. Bank
foizi – 8%, bankning qarzdorlardan oladigan ssuda foizi 12% bo`lsa, bank foydasi va bank
foydasining normasini aniqlang.
9-masala. Maydoni bir xil 3 ta yer maydonchasiga 100 ming so`mdan kapital sarflangan. O`rtacha
foyda normasi – 20%. Birinchi maydonchadan 10 ts, ikkinchisidan 12 ts, uchinchisidan 15 ts hosil
olingan. Hosildorlik bo`yicha differentsial renta 1 ni hisoblang.
10-masala. Monopoliyaning kapitali – 200 mlrd. so`m, o`rtacha foyda normasi – 10%. Texnika taraqqiyotini
monopoliyalashtirish hisobiga – 8 mlrd. so`m qo`shimcha foyda olingan, ishlab chiqarish va
sotishni monopollashtirish hisobiga – 5 mlrd. so`m foyda olingan. Monopoliyaning umumiy
foydasini hisoblang.