KIRISh
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nazariyalari fanida monopoliya sub`ektlariga
mahsulot (xizmat)ning muayyan bir turini yagona firma yoki kompaniya tomonidan ishlab
chiqarishni nisbatan past xarajatlar bilan amalga oshirilishi hamda ishlab chiqarilgan mahsulot
(ko`rsatilgan xizmat) orqali iste`molchilarning katta guruhini ta`minlovchi yaxlit tarmoq sifatida
qaraladi.
O`zbekistonda bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida monopoliya sub`ektlarining
faoliyatini muvofiqlashtirib turish masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etib, Respublika Birinchi
Prezidenti I.Karimovning «…xalq xo`jaligining yetakchi tarmoqlari, avvalo, tabiiy monopoliyalar
deb ataladigan energetika, temir yo`l transporti, shuningdek, paxta tozalash va kimyo sanoati,
kommunal xo`jaligi tarmoqlarida boshqaruv tizimini isloh qilish bo`yicha boshlangan ishlarni
oxiriga yetkazish dolzarb bo`lib qolmoqda»
11
, deb ta`kidlab o`tishi ham buning yaqqol dalilidir.
Darhaqiqat, bu borada mamlakatda o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim jihati
ham shundaki, ular tabiiy monopoliya sub`ektlari mahsulotlari va xizmatlaridan sifatli hamda
kafolatli foydalanish, mahsulotlar narxlarining muqobilligini ta`minlash, iste`molchilar
ehtiyojlarini to`laroq qondirish orqali pirovardida makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni o`stirishga
qaratilgandir. Bu esa o`z navbatida davlat tomonidan yirik tabiiy monopoliyalar faoliyatini
tarkibiy o`zgartirish va soddalashtirish hamda raqobatchilik muhitini yaratilishiga yo`naltirilgan
kompleks tadbirlarning amalga oshirilishini taqozo qiladi.
Shu maqsadlardan kelib chiqib, iqtisodiyotni monopoliyadan himoya qilishga qaratilgan
O`zbekiston Respublikasining «Monopolistik faoliyatni cheklash to`g`risida»gi (1992 yil 2 iyul ),
«Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida»gi (1996 yil 27 dekabr
), «Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi (1996 yil 27 aprel ), «Tabiiy
monopoliyalar to`g`risida»gi (1997 yil 24 aprel va 1999 yil 19 avgustda yangi o`zgarishlari bilan)
qonunlari qabul qilinib, ular iqtisodiyotda tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solishning
me`yoriy asoslarini belgilab berdi.
Shu o`rinda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullari va ulardan foydalanish
samaradorligini o`rganish muhim nazariy-uslubiy ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: