Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
 
1-ilova 
Qo`shimcha savollar va topshiriqlar: 


 
1.
Tabiiy monopoliya sub`ektlari tarkibiga qanday korxona va tashkilotlarni kiritish mumkin? 
2.
Tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga solish zarurati nima bilan izohlanadi? 
3.
O`zbekistonda tabiiy monopoliyalar faoliyati qanday me`yoriy hujjatlar bilan tartibga 
solinadi? 
4.
O`zbekistonda tabiiy monopoliya sohasini belgilash qaysi mezonlarga asoslanadi? 
5.
Mamlakatimizda tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga solishda xorijiy 
mamlakatlardagi qaysi usullardan foydalanish mumkin? 
4. KEYSNI HAL ETISh VA TAHLIL QILISh VARIANTI
 
Keysning muammosi haqida 
Asosiy muammo tabiiy monopoliyalarning iqtisodiy mazmuni, ob`ektiv asoslari, amal qilish 
xususiyatlari, tartibga solish usul va vositalari bo`yicha bilim va ko`nikmalar hosil qilish; 
O`zbekistonda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarining samaradorligini baholashdan 
iborat. 
O`zbekistonda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarining samaradorligini 
baholashda quyidagi qiyinchiliklarga duch kelish mumkin: 
- tabiiy monopoliya sub`ektlarini belgilash mezonlarining to`g`ri ishlab chiqilmaganligi; 
- tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga solish usullarining to`g`ri 
tanlanmaganligi; 
- tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga solish usullarini qo`llashdan olingan 
natijalarni o`zaro taqqoslash imkonining yo`qligi; 
- tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini aks ettiruvchi statistik ma`lumotlarning 
yetishmasligi. 
Muammoni hal etish darajalari: 
Ushbu muammolar quyidagi darajalarda hal etilishi mumkin: 
- respublika; 
- tarmoq ichida. 
Muammoni hal etish yo`llari: 
- Respublikada tabiiy monopoliya sub`ektlarini belgilash mezonlarining to`g`ri ishlab 
chiqilganligini aniqlash. Bunda xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar uslubiyatidan keng 
foydalanish; 
- Respublikada tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga solish usullarining to`g`ri 
tanlanganligini asoslash. Bunda har bir tarmoq va sohaning o`ziga xos xususiyatlari inobatga 
olinganligini e`tiborda tutish. Bu boradagi xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish. Zarur 
hollarda, tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga solish usullari tarkibini 
takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; 
- har bir tarmoq yoki sohadagi tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga solish 
usullarini qo`llashdan olingan natijalarni miqdoran baholash. Eksperiment yo`li bilan muqobil 
usullarni qo`llash va nisbatan samarali usullarni aniqlash; 
- tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini aks ettiruvchi statistik ma`lumotlarning 
yetishmasligini oldini olish maqsadida maxfiy va strategik ahamiyatga ega bo`lmagan 
ma`lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta`minlash, ularning to`g`iligini tekshirish va tasdiqlash. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin