1.
Tabiiy monopoliya
sub`ektlarining qonunga
rioya etmaslik holatlari
ustidan nazorat va chora-
tadbirlar
Xorijiy mamlakatlarda davlat tomonidan joriy etilgan tartibga
ko`ra, tabiiy monopoliya sub`ektlarining
qonunga rioya etmaslik
holatlari ustidan qattiq nazorat o`rnatilgan bo`lib, «raqobatni
cheklashga qaratilgan kelishib qilingan barcha harakatlari» uchun
antimonopol yoki boshqa nazorat xizmati organlari tomonidan
tegishli jazo chora-tadbirlari ko`zda tutilgan.
Misol uchun, AQShda qasddan raqobatni cheklash hamda o`z
mavqeini suiiste`mol qilishga qaratilgan har qanday monopolist
korxona (korporatsiya)ga nisbatan sudning qarori bilan 10 million
dollar miqdorida, jismoniy shaxslariga nisbatan 350 ming dollar
miqdorida jarimaga tortish yoki ularga nisbatan 3 yillik
qamoq jazosi
qo`llash ko`zda tutilgan.
Evropa komissiyasining 1988 yil 21 dekabrdagi qarori bilan
bir qator yirik neft -kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi monopol
korxonalarga nisbatan «yashirin mahsulot sotish savdosida
qatnashishlari bo`yicha shartnomalar tuzilganligi uchun va uning
oqibatida kartelli kelishuvlarga yo`l qo`yganliklari uchun»
qatnashchilarning barchasiga jami 60,5 mln. ekyu miqdorida jarima
qo`llanilgan.
2.
Nazorat
ostiga
olingan asosiy faoliyat
yo`nalishlari
Xorijiy mamlakatlarda ko`pchilik antimonopol yoki tegishli
nazorat
xizmati
organlari
asosan monopol
korxona
yoki
korporatsiyalarning iqtisodiy kontsentratsiyalashuvi, qo`shilishi,
birlashishi ustidan qattiq davlat siyosatini olib borishadi.
3.
Nazorat
qilish
amaliyotining
qo`llanilishi
Nazorat qilish amaliyoti har xil qo`llaniladi. Misol uchun,
AQShda har bir monopol tarmoqlarni tartibga soluvchi maxsus
komissiyalar faoliyat yuritib, ular bevosita nazorat funktsiyasini ham
bajaradi. «Energetika departamenti to`g`risida»gi Kongressning
(1977 yildagi) qonuniga asosan, Energetikani tartibga solish
bo`yicha federal komissiyasi qoshida energetika departamenti ham
tuzilib, uning vazifasi yoqilg`i energiyalarini magistrallar orqali
uzatish va ularga tariflarini belgilash orqali nazorat qilish kiradi.
Lekin, har bir shtat o`zi iste`mol qilgan elektr energiyasiga o`zi tarif
belgilaydi, shunga ko`ra 50 ta shtatning elektr energiyasi tariflari 50
xil bo`lishi mumkin.
Aeroport xizmatlarini nazoratga olish bo`yicha
avval maxsus
transport departamenti shug`ullanib, keyinchalik bu funktsiyalar
adliya departamenti nazoratiga o`tkazildi.
Shuningdek, AQShda issiqlik energiyasi ta`minoti bo`yicha
tabiiy monopol tarmoq hisoblanmaydi, chunki har qanday
iste`molchi issiqlik energiyasi bilan avtonom isitish uskunalariga
ega.
Xuddi
shunga
o`xshash,
ko`mir bo`yicha ham sohada bir qancha o`zaro raqobatchi
kompaniyalar xizmat qilishini hisobga olib tarmoq nazoratga
olinmaydi.
Bundan tashqari pochta
xizmati ham monopol tarmoq
hisoblanmaydi, chunki tarmoqda to`liq raqobat muhiti yaratilganligi
uchun davlat nazorat o`rnatilmagan, faqat pochta tariflari bo`yicha
maxsus komissiya mustaqil ravishda tariflarni belgilab turadi.
4.
Nazorat
qiluvchi
idoralar tavsifi
AQShda Sherman qonuniga binoan barcha monopoliya
sub`ektlari nazorat qilinib, Adliya departamenti huzuridagi antitrest
bo`limiga uni nazorat qilib borish yuklatilgan.
Biroq, Adliya departamentining monopoliya sub`ektlariga
nisbatan olib borgan qattiq nazorati va siyosati tufayli, Kongress
Savdo federal komissiyasi (SFK) to`g`risidagi qonunini (1914 yilda)
qabul qilinishi bilan komissiyaga
monopoliyaga qarshi qonun
hujjatlarini buzganligi uchun nazorat olib borish huquqi berildi.
Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limi ham Savdo
federal komissiyasi ham Sherman qonunini nazorat qilish bilan
shug`ullanib, barcha monopol mavqeiga ega bo`lgan korxona va
korporatsiyalarning kartelli kelishuvlari, narxlarni xufyona kelishish
yo`llari bilan o`rnatish bo`yicha hamda narxlarni sun`iy ravishda
kamaytirish yoki ko`tarish yo`lidagi kelishilgan xatti-harakatlar
ustidan nazorat va qidiruv tergov ishlarini olib borish bilan
shug`ullanadi.
Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limi
faoliyati
asosan quyidagi tarmoqlarga qaratilgan:
-
transport, avialiniyalar, energiya, qishloq xo`jaligi;
-
telekommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari;
-
texnologiyalar va aloqa tarmoqlari.
Savdo federal komissiyasi esa iqtisodiyotning:
-
energetika sohasi – aholi va ishlab chiqarish uchun, gaz va
neft , elektr energiyasi;
-
sog`liqni saqlash va dori-darmon retseptlari bo`yicha;
-
ulgurji savdo, iste`mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab
chiqarish sohasi;
-
yuqori texnologiyalar sektori, komp yuterlar, internet, kabelli
televideniyalar va programmalashtirish sohasi kabi tarmoqlarini
nazorat qiladi.
AQShning Adliya departamenti huzuridagi antitrest bo`limini
bosh adliya yordamchisi (bizning sharoitda Adliya vaziri
o`rinbosari) boshqaradi va u Prezident tomonidan tayinlanadi, uni
Kongress tasdiqlaydi.
Savdo federal komissiyasining o`zi ham sud yalarni yollash
orqali ishlarni tahlil qilish va qidiruv o`tkazish, sud qilish kabi
amaliyotlarni qo`llash vakolatiga ega.
Dostları ilə paylaş: