Jahon bozori kon`yunkturasi - jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi
talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o`zgarish tendentsiyalari.
Joriy kon`yunktura – muayyan davrda tovarlarga bo`lgan talab va taklifning tarkibi,
dinamikasini shakllantiruvchi iqtisodiy sharoit va omillar majmui. Joriy kon`yunktura ayni
davrdagi milliy va jahon iqtisodiyotining u yoki bu omillaridan tarkib topgan vaqtinchalik
vaziyatni ifodalaydi.
Ijtimoiy soha obektlari – aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta`minlashga
xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog`liqni saqlash,
maorif, sport, madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy hamkorlik – xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo`lgan, turli millat, irq va dinga
mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo`lidagi hamjihatligi.
Iqtisodiy o`sish – real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga to`g`ri
keladigan real yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o`sishi.
Import – mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini, kapitalini,
texnologiyasini va xizmatlarni olib kelish. Import xalqaro mehnat taqsimoti natijasidir. U vaqtni
tejashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga
ko`maklashadi.
Investitsion soliq krediti – soliq majburiyati bo`yicha to`lash muddatini o`zgartirish
imkoniyati beriladi, agarda soliq to`lovchida belgilangan tartibdagi asos bo`lsa, u holda soliq
to`lovlarini kamaytirilgan holda ma`lum bir vaqt ichida bosqichma – bosqich to`lash mumkin
bo`ladi.
Inson omili – amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo`nalishi va
samaradorligining pirovard natijasini belgilab beruvchi asosiy tamoyil. Inson omili tarkiban ikki
muhim jixatni o`z ichiga oladi. Birinchi jihat O`zbekistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta`lim va
sog`liqni saqlash, nafaqa bilan ta`minlash tizimini, aholini ekologik va boshqa xavf-xatardan
himoya qilishdan iborat. Davlatning doimiy e`tiborini o`zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi
ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o`z ishtiroki, bunyodkorligi, yaratish zavqi, sa`y-
harakatlari va shijoatini ifodalanishini nazarda tutadi.