Konstitutsion burch – O`zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada belgilab qo`yilgan, fuqarolar
bajarishlari shart bo`lgan majburiyatlardir.
Konstitutsion hukumat – demokratik hukumat qonunga va ayniqsa yozma hujjat
– konstitutsiyasiga asoslanadi. Konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini
ta`minlaydi. Shuningdek, ular qonunlar qanday tayyorlanishi va hayotga tatbiq etilishini ham
o`zida aks ettiradi. Aksariyat konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini
ta`minlaydi.
Qonun – oliy yuridik kuchga ega bo`lgan, davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi
tomonidan yoki aholi tomonidan to`g`ridan-to`g`ri, referendum o`tkazish talablariga muvofiq
qabul qilingan va o`zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy
munosabatlar sub`ektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan me`yoriy
– huquqiy hujjat.
Qonun ustuvorligi – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida qat`iy hukmron bo`ladi. Ya`ni hech kim, hech bir davlat organi,
mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo`ysunmasligi mumkin emas,
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi; uning barcha
ishtirokchilari esa, hech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi
kerak. Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy
normalardan ustun turadi.
Qonunchilik – 1) davlat tomonidan o`z funktsiyalarini amalga oshirish-ning asosiy
usullaridan biri bo`lib, davlat hukumati organlari tomonidan qonunlar chiqarishda ifodalanadi; 2)
ijtimoiy munosabatlarni to`la tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi yoki ijtimoiy
munosabatlarning bir ko`rinishi.