4.3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning hozirgi bosqichining xususiyatlari «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni
davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish.» bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategi yasi to‘g‘risida »gi farmoni e’lon qilindi.
Xususiylashtirishning hozirgi bosqichiga xos xususiyatlar va tamoyillar: •
xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilishga doir qonunchilikni yanada
mustahkamlash;
•
xususiylashtirish ishlariga nisbatan munosabat va yondashuvlarni tubdan o`zgartirish,
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga qarashli korxonalarning aktsiyalarini kimoshdi savdosiga
qo`yish;
•
davlat mulkini xususiy investorlarga sotish samarasini ta`minlashda investorlarning
korxonalarni rivojlantirishga qaratilgan investitsiya majburiyatlari bilan jalb etilishi ustuvorligi;
•
zarar ko`rib ishlayotgan, past rentabelli, istiqbolsiz davlat korxonalari va ulardagi davlat
ulushini investitsiya majburiyatlari evaziga nolga teng xarid qiymati bo`yicha xususiy mulkka
sotish.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mexanizmini takomillashtirish
bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyuldagi “2007-2010 yillarda
xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish
bo`yicha choralar to``grisida”gi PQ-672 sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
2008 yil 18 noyabrda “Iqtisodiyot real sektori korxonalari moliyaviy barqarorligini yanada
oshirish bo`yicha choralar to``grisida”gi PF-4053-sonli Farmoni, 2008 yil 24 apreldagi “Baholash
tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning ko`rsatiladigan xizmatlar sifati uchun
mas`uliyatini oshirish to``grisidagi PQ-843-sonli Qarori qabul qilingan. Vazirlar Mahkamasining
2009 yil 29 yanvardagi “Davlat aktivlarini sotish mexanizmini takomillashtirish bo`yicha choralar
to``grisida”gi 27-sonli Qarori bilan “Birja savdolarida davlat aktivlarini sotish tartibi to``grisida”gi
va “Birjadan tashqari savdolarda davlat aktivlarini sotish to``grisida”gi tartiblar tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-sonli Qaroriga
binoan Davlat mulk qo`mitasi BMT Rivojlanish dasturi bilan “O`zbekiston Respublikasida
baholash metod+ologiyasi va amaliyotini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash” loyihasi amalga
oshirish bo`yicha shartnoma imzolangan. Ushbu loyiha doirasida O`zbekiston Respublikasining
uchta milliy standarti, ya`ni “Xususiylashtirish maqsadida mulkning qiymatini baholash”, “Biznes
qiymatini baholash”, “Ko`chmas mulk qiymatini baholash”standartlari O`zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazildi.2017 –yil 18-apreldagi O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish
to’g’risida”gi farmoni ishlab chiqildi.
2010 yilda 96 ta davlat aktivlari 64,5 mln. dollar va 40,98 mlrd. so`mga, shu jumladan,
ulardan 63,5 mln. dollar va 21,26 mlrd. so`mlik investitsiya majburiyatlari hisobiga sotilgan.
Davlat tender komissiyasi qaroriga binoan 60 ta davlat aktivi 64,52 mln. dollar va 35 mlrd. so`mga
sotildi. Ularning 63,5 mln. dollari va 17,73 mlrd. so`mini investitsiya majburiyatlari tashkil etadi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida 2007-2010 yillarda 474
ta shartnoma bo`yicha investitsiya majburiyatlari bajarildi. Ularning umumiy qiymati 129,37 mln.
AQSh dollari va 106,53 mlrd. so`mni tashkil etdi. Shu jumladan, xorijiy investorlar tomonidan 42
ta mulkni investitsiya majburiyatlari asosida xarid qilish to``grisidagi shartnomalar to`liq bajarildi.
Ularning qiymati 2007-2010 yillarda 86,76 mln. AQSh dollari va 11,86 mlrd. so`mni tashkil etdi
(4.3.2-jadval).