Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gi stavkasi va undirilgan soliq



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gi stavkasi va undirilgan soliq 
summasining 2006-2010 yillar davomida o`zgarish dinamikasi
1
 
29%
25%
25%
22%
22%
567,7
754,8
1108,8
1311,8
1594,0
0%
5%
10%
15%
20%
25%
30%
35%
2006 йил 
2007 йил 
2008 йил 
2009 йил 
2010 йил 
0
200
400
600
800
1000
1200
1400
1600
1800
Жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи ставкаси 
Жисмоний шахслардан ундирилган даромад солиғи (млрд.сўм)
- yashirin tarzda daromad topayotgan jismoniy shaxslarga daromadlarini ochiq-oydin oshkor 
etish imkoniyatini beradi, ular soliq stavkasi pastligi hisobiga soliqdan cho`chimaydilar; 
- bu stavka hamma jismoniy shaxslar uchun bir xil bo`lishini belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida barcha jismoniy shaxslar teng huquqli bo`lgani uchun soliq solinishida ham teng 
bo`lishi lozim; 
- davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslar daromad soli`gi bo`yicha 
soliqdan qochish va bo`yin tovlash bo`yicha qilinadigan ma`muriy xarajatlar tejaladi; 
- eng asosiysi, bunday tizim barcha jismoniy shaxslarga tushunarli bo`lib, turli noaniqliklar 
barham topadi, ular o`z haq-huquqlarini himoya qila oladilar. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gi tartibini takomillashtirish masalalaridan 
biri bo`lgan soliqqa tortilmaydigan miqdorning joriy etilishi aholidan olinadigan daromad soli`gi 
tartibini davr talabiga mos holda takomillashtirishga o`zining munosib hissasini qo`shadi. 
Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortishda, rivojlangan davlatlar 
tajribasidan foydalangan holda, jami yillik daromaddan ushbu daromadni olish bilan bo`gliq 
bo`lgan xarajatlarni, byudjetga to`langan boshqa soliq va to`lovlarni chiqarib tashlash lozim. 
Respublakimiz soliqqa tortish amaliyotida jismoniy shaxslarning ish haqi shaklidagi 
daromadlarini soliqqa tortishda uch bosqichli stavkalardan ikki bosqichlisiga o`tish va asta-sekin 
yagona stavka joriy etish lozim. Hozirgi paytda yagona stavka qo`llanilayotgan mamlakatlar 
amaliyotida bu mexanizm o`zining samarasini ko`rsatmoqda. 
Mamlakatimizda mehnat sharoitlari o`ta zararli, o`ta o`gir, zararli va o`gir bo`lgan ishlab 
chiqarishlarda ishlovchi xodimlarning (ayollarning) daromadlariga soliq solishning amaldagi 
imtiyozli tartibi belgilangan. Ularning mehnatiga haq to`lash shaklidagi daromadlariga 
belgilangan soliq stavkalarini qaytadan ko`rib chiqish lozim. Bizningcha, o`gir va zararli, o`ta 
o`gir va o`ta zararli sharoitlarda ishlovchilar uchun imtiyozli soliq stavkasiga daromad soli`gining 
quyi stavkasi va o`rta stavkasi joriy etilishi maqsadga muvofiq. 
Jismoniy shaxslarning mehnatga haq to`lash shaklidagi daromadlaridan ayrim ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo`lgan xarajatlarni (masalan dori-darmon uchun, meditsina xarajatlari) chegirish 
va ularning yillik daromadlarini umumiy deklaratsiyalash tizimiga tezroq o`tkazish lozim. 
1
Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси маълумотлари асосида муаллиф томонидан тайёрланган. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daramod solig`i stavkasi 
Jismoniy shaxslardan undiriladigan daramod solig`i (mlrd. so`m) 


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soli`gini takomillashtirishni iqtisodiy 
munosabatlar bilan o`zaro bo`gliq va uy`gunlikda takomillashtirish zarur. Chunki aholi bandligini 
ta`minlash va daromadlarini oshirish ularning farovonligini o`stirishning ishonchli yo`lidir. Shu 
bilan birga, soliqqa tortiladigan daromadlarning ortishi byudjet manfaatlariga ham to`liq mos 
keladi. 
Bizga ma`lumki, O`zbekiston Respublikasida mahalliy soliqlarning huquqiy asosi sifatida 
Soliq kodeksiga qadar “Mahalliy soliqlar va yi`gimlar to``grisida”gi Qonun ( 1993 yil may oyida 
qabul qilingan ) xizmat qilar edi. Bu qonun Soliq kodeksi qabul qilingandan so`ng o`z kuchini 
yo`qotdi, uning asosiy mazmuni esa kodeksda o`z aksini topdi. Biroq, qayd etish zarurki, 
“Mahalliy soliqlar va yi`gimlar to``grisida”gi Qonunda mahalliy soliqlar bo`yicha mahalliy 
hokimiyatlarning soliq va byudjet huquqlari aniq yoritib berilgan edi. Ammo, bu holat Soliq 
kodeksida to`liq aks ettirilmagan, ya`ni bunda mahalliy soliqlar va yi`gimlar bo`yicha faqat ularni 
turlarini ko`rsatish bilan cheklangan va mahalliy hokimiyatlarning soliq huquqlari mavhum holda 
qolgan. Shu boisdan, bizning fikrimizcha, mahalliy soliqlarning o`rni ortib borar ekan, bu 
soliqlarni joriy etish, bekor qilish va amal qilish holatlarini yanada to`laroq aks ettirish lozim. 
Buning uchun Soliq kodeksining 23-moddasiga qo`shimcha kiritish va unda mahalliy 
hokimiyatlarining soliq huquqlari aniq-ravshan qilib belgilanishi zarur, deb hisoblaymiz. 
Ma`lumki, yer soli`gi soliq to`lovlarining moliyaviy natijalariga bo`gliq bo`lmagan holda 
undiriladi, ya`ni yerning fizikaviy, ximiyaviy xususiyati hamda ularning joylanishi soliqlarni 
belgilashda asos qilib olinadi. Ammo, qayd etish joizki, hozirga qadar respublikamizda yerlarning 
boniteti ancha yillar oldingi ma`lumotlar bo`yicha yuritilmoqda. Shuni e`tiborga olib yerlarning 
bonitetini qaytadan ob`ektiv aniqlash va shu asosda soliq stavkasini ham qayta ko`rib chiqish 
maqsadga muvofiq. Soliq tizimini takomillashtirish, uning bir qator vazifalarini real bajarilishiga 
erishib borishni ham o`z ichiga oladi. Bular quyidagilar: 

soliq yukini soliq to`lovchilar o`rtasida to``gri taqsimlashga erishish, shu bilan birga uni 
imkoni boricha kamaytirish; 

soliqlarning mazmunini soliq to`lovchilarga to`liq ochib bergan holda tushuntirish, ularda 
soliq madaniyatini shakllantirish va uni oshirib borish; 

soliqlarni ixchamlashtirish, ya`ni ularni yagonalashtirish. 
Soliq tizimining samaradorligini oshirishga qulaylik tu`gdiruvchi omillardan biri bu soliq 
yukining to``gri taqsimlanganligi va imkoni boricha uni kamaytirishdir. Soliq yukini to``gri 
taqsimlanganligi iqtisodiy rivojlanishga olib keladi. Soliq yukini iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha, 
ishlab chiqaruvchi va iste`molchilar o`rtasida to``gri taqsimlanishi katta ahamiyat kasb etadi
Mavjud soliq tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi bir qator masalalarga 
e`tibor berishni kuchaytirish lozim: 

soliqlarni joriy etish va ularni to`lash tartibiga ilmiy tomondan yondashishni 
kuchaytirish; 

mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda xorijiy tajribalardan 
unumli foydalanish; 

ixchamlashtirilgan soliqlar amal qilish doirasini kengaytirish; 

soliq sohasidagi har qanday o`zgarishlarni soliq to`lovchilarga ommaviy tarzda 
tushuntirib borishni keng yo`lga qo`yish; 

soliq sohasidagi qonunbuzarliklarning kelib chiqishiga yo`l qo`ymaslik, unga qarshi 
qat`iy kurashish; 

soliq imtiyozlarini, asosan, soliq stavkalarini kamaytirish evaziga emas, balki boshqa 
xildagi imtiyozlardan unumli foydalanish, xususan tezkor amortizatsiyani qo`llash, soliq 
kreditlarining miqdorini ko`paytirish kabi vositalarni qo`llash orqali ro`yobga chiqarish; 

qat`iy stavkali soliqlarni kamaytirish, bu orqali tadbirkorlarni haqiqiy daromadidan kelib 
chiqqan holda soliq undirib olishni kuchaytirish. 
Yuqoridagi fikrlar asosida aytish mumkinki, soliq tizimini yanada takomillashtirish 
faqatgina uning samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi. 


Asosiy tushuncha va atamalar 
Byudjet, byudjet tizimi, davlat byudjeti. mahalliy byudjet, soliqlar, soliqlarning vazifalari, 
soliq yuki, soliq imtiyozi,soliq organlari, iqtisodiy o`sish.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.Davlat byudjeti nima va uqanday vazifalarni bajaradi?
2.Byudjet orqali davlat iqtisodiyotga qanday ta`sir ko`rsatadi? 
3.Soliqlar va iqtisodiy o`sish o`rtasidagi aloqadorliklarni tushuntirib beri9ng? 
4.Soliqlarning vazifalari nimalardan iborat? 
5.Soliq imtiyozlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usuli va vositasi ekanligini 
tavsiflab bering? 
6.Tezlashtirilgan Amortizatsiyani shaklidagi imtiyozlar mazmunini yoritib bering? 
7.ITTLI ni ra`gbatlantirishda qanday soliq usullari va shakllari mavjud? 
8.O`zbekistonda asosiy soliq imtiyozlarini sanab o`ting. 
9.O`zbekistonda byudjet-soliq vositalari orqali iqtisodiyot davlat tomonidan qanday tartibga 
solinishini tushuntirib bering. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin