o`z maxsulotini qaytib sotib olib, uni bozorda sotishi mumkin bo`ladi.
Agar bozor narxi
kafolatlangan narxdan pastligicha qolsa, tovar fermerlar tomonidan qaytib sotib olinmaydi va
korporatsiya mulkiga o`tadi. AQSh da 10-15 yil mobayinida mamlakat ichida shakarning chakana
narxi juda qat`iy tarzda kuzatib borildi. Bir kilogramm shakar 1 dollardan oshishi mumkin emas.
Narxni makroiqtisodiy barqaror bo`lishi uchun subsidiya kiritildi.
Yaponiyada narxlarni tartibga solish uchun hukumatning maxsus narx byurosi mavjud.
Byuro vazirliklarni minimal narxlar bo`yicha bergan takliflariga hulosa beradi.
Frantsiyada
qishloq xo`jaligi maxsulotlari, gaz, elektr energiyasi, transport xizmatlari narxlari to``gridan-
to``gri tartibga solinadi. Shvetsariyada narxlarni nazorat qilish bo`yicha
federal muassasa
mavjud. Narxlar asosan davlat tomonidan moliyalashtiriladigan tarmoqlarda, xususan qishloq
xo`jaligi, tarnsport, ta`lim, so`gliqni saqlash sohalarida tartibga solinadi.
Rossiya Federatsiyasida narxni tartibga solishda qat`iy narxlarni(tariflar)
kiritish, yuqori
samaradorlik darajasini, narxni o`zgarish
koeffitsentini, savdo, savdo-ta`minot va sotuv
narxlarining yuqori darajasini o`rnatish va deklaratsiya narxlarini o`rnatish usullari qo`llaniladi.
O`zbekiston Respublikasida davlat buyurtmasi asosida paxta xom ashyosiga va bu`gdoyga
(yalpi xosilning ma`lum qismiga, masalan, paxta xom ashyosini 50% davlat buyurtma narxi
bo`yicha bozordan arzon narxda sotib olinadi) narxning yuqori chegarasi o`rnatiladi.
Qishloq
xo`jaligi maxsulotlari esa qo`shilgan qiymat soli`giga tortilmaydi.
Narxni tartibga solish tizimi qishloq xo`jaligida barqarorlikka erishishga qaratilgan. Bu
sohadagi narx kichik farq bilan tebranadi. G‘arb mamlakatlarida davlat qishloq xo`jaligiga
anchagina mabla`g sarflaydi. Ta`kidlash joyizki, qishloq xo`jaligidan byudjetga tushadigan
mabla`g, shu sohaga qilinadigan xarajatdan bir necha bor kamni tashkil etadi. YEIRXT ning 25 ta
mamlakatlarida, ko`proq rivojlangan G‘arb mamlakatlarida qishloq xo`jaligiga byudjetdan
ajratilgan mabla`glar shu tarmoqdan byudjetga tushadigan mabla`gdan 9 marotaba ko`pni, agar
narx subsidiyasini ham qo`shadigan bo`lsak 18 barobar ko`pni tashkil etadi.
Umuman YEIRXT mamlakatlari bo`yicha, 1994 yilda byudjetdan
va narx orqali qishloq
xo`jaligiga ajratiladigan mabla`g qishloq xo`jaligida band bo`lgan bir kishiga 16342 dollarni, shu
jumladan, AQSh da 39957 dollarni tashkil etadi. Bu mamlakatlarda subsidiyalar va maxsulot
narxiga qo`shimcha to`lovlar ulushini hisobga olsak u holda: bu`gdoy narxida – 48%, guruchda –
86%, dehqonchilik maxsulotlarida – 50%, chorvachilik maxsulotlarida – 43 % ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: