5) iqtisodiyot tarkibining deformatsiyalashuviga barham berishda chuqur tarkibiy
o`zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish tarkibini to`lovga qodir talab bilan
uy`gunlashtirish;
6) korxonalarning bozor sharoitlariga moslashuvini tezlashtirish;
7) eksport salohiyatini
diversifikatsiyalash;
8) ekologik xavfsizlikni oshirishni ta`minlash.
Ushbu vazifalarni bajarish milliy iqtisodiyotning ko`pchilik tarmoqlarining raqobatga
bardoshli emasligini bartaraf etishga imkon yaratadi. Bundan kelib chiqqan holda, tarkibiy siyosat
mikro va makro iqtisodiyot darajalarida uch asosiy yo`nalishda amalga oshirilishi kerak, degan
xulosa chiqarish mumkin. Buning uchun davlat hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiy
xavfsizligini ta`minlash uchun ma`lum tarmoq va sohalarni selektiv qo`llab-quvvatlashi darkor
bo`ladi.
Makroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalar
hal qilinishi zarur:
-
jami
talabni oshirish;
-
jam`garish normasini o`stirish va uni investitsiyaga aylanishini ta`minlash;
-
rivojlanishdan to`xtab qolgan sektorlardagi barcha turdagi resurslarning rivojlanayotgan
sektorlarga oqib o`tishini ra`gbatlantirish;
-
yalpi investitsiyalarni ko`paytirish;
-
eksportni ra`gbatlantirish;
-
umum qabul qilingan tartib-qoidalar doirasida milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish
maqsadida importni tartibga solish.
Mikroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida quyidagi
vazifalarni bajarish zarur bo`ladi:
-
iqtisodiy nuqtai nazardan samarali korxona va ishlab chiqarishlarning rivojlanishini
ra`gbatlantirish va qo`llab-quvvatlash;
-
samarasiz ishlab chiqarishlar va korxonalarni tugatish yoki reorganizatsiya, ya`ni qayta
tashkil etish;
-
yangi monopolistik tuzilmalarning paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik;
-
tarmoqlararo kapital oquvchanligini ta`minlash maqsadida fond
bozorining rivojlanishini
tartibga solish va ra`gbatlantirish;
-
narx o`sishini to`xtatish chora-tadbirlarini ko`rish;
-
iqtisodiy sub`ektlar xatti-harakatining bozorga xos normalarini joriy qilishni
ra`gbatlantirish.
Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash uzoq muddatli strategik vazifa hisoblanadi. Bu
vazifani amalga oshirish uchun iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash davlat strategiyasi, ya`ni
doktrinasini ishlab chiqish va qabul qilish zarur bo`ladi. Ushbu davlat strategiyasi oliy milliy
davlat manfaatlariga javob bera olishi kerak.
Iqtisodiy xavfsizlik davlat strategiyasida erishiladigan pirovard maqsad va uni amalga
oshirish bosqichlari o`z ifodasini topishi lozim. Shu davrda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning
kafolati bo`lgan davlatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo`ladi:
-
xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha xo`jalik va siyosiy xarakterdagi qarorlarni qabul qilish;
-
ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mexanizmiga tahdidlarning paydo bo`lganligi to``grisida
signal beruvchi
indikatorlarni kiritish;
-
iqtisodiy tahdidlarni yumshatish, bartaraf etish, neytrallashga qaratilgan samarali chora-
tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirish.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash kontseptsiyasi doimo uzoq muddatli milliy
davlat manfaatlariga asoslanadi. Boshqacha aytganda mazkur kontseptsiya mamlakatning kelajagi
to``grisidagi tasavvurga,
isloh delga, shuningdek, barqaror, mustahkam rivojlanish strategiyasiga
bo`gliq bo`ladi.