b. To’p bilan bajariladigan mashqlar: To’p bilan yon tomondagi chiziq bo’ylab 16-20 m ga burchakdagi bayroq tomonga tez yugurish, to’pni darvoza yoniga otish, tezda burilib - start joyiga o’ta tez qaytish 7-9 soniya.
Devor yoki batutdan 13-16 metr narida devorga parallel ikkita ustuncha (ular 5 m oralatib qo’yilgan) turibdi. To’pni devorga urish va ustunlar atrofidan "sakkiz" raqamini hosil qilib aylanib o’tish.
Juft bo’lib bajariladigan mashqlar. Sheriklarning bittasi gimnastika o’rindig’i oldida, ikkinchisi qarama-qarshi tomonda, o’rindiqdan 3-4 metr narida qo’lida to’p ushlab turadi. U qo’lidagi to’pni shunday otadiki, sherigi sakrab turib, to’pni uning qo’liga qaytarib yubora olsin. Bunda sakrovchi skameykadan hatlab o’tadi, ikkinchi sakrashda dastlabki holatiga qaytadi. 15 soniya ishlagandan so’ng sheriklar o’rin almashadilar.
Ikki futbolchi start chizig’ida bir to’p bilan turadi. Signalga binoan birinchisi to’p bilan xuqqabozlik qiladi, boshqasi 12-15 m ga tez yugurib ketadi va start joyiga qaytib keladi, kelishi bilan to’pni u olib o’ynata boshlaydi va sherigining yugurib borib kelishiga imkon tug’diradi. O’yinchilar mashqni 5 martadan bajaradilar.
Tarang tortilgan setka (batut) yoniga turib (setkadan 5-7 m narida) 15 soniya davomida turli usullar bilan to’xtovsiz, maksimal sur’atda tepish boshlanadi.
Interval uslubli mashg’ulotnineg 2-ko’rinishi: a. To’psiz bajariladigan mashqlar: Yuqoriga sakrab yugurish, 90˚ ga burilish - yo’rg’alab yugurish, 90˚ ga burilish va hokazolar.
Tomonlari 20 m dan oralatib qo’yilgan ikkita ustuncha, ikkinchisi tomonida 30-40 sm li to’siq, uchunchi tomondan - hech qanday to’siq yo’q.
Maksimal yugurish. Umumiy uzunligi 21 m keladigan masofa, uni 7 metrdan qilib chegaralangan. Shug’ullanuvchilar navbatma-navbat har bir nazorat chiziqqacha uch marta yugurib borib, start joyiga qaytadilar.
To’siqlardan yugurib o’tish. Futbolchi start olganidan so’ng 5 m dan yana start joyiga qaytadi, u yana tezlashib har bir tomoni teng bo’lgan (tomonlari 3 metr keladigan) uchburchak shaklida turgan uchta ustundan aylanib o’tib, balandligi 3040 sm keladigan to’siq oldiga yugurib keladi (to’siq har birining orasi 2 metrdan oralatib qo’yilgan) va tez yugurib startga qaytadi.
Orasi 15-20 metr keladigan ikki do’nglik o’rtasidagi pastlikda huddi soatning kapgiri singari u yoqdan bu yoqga uzluksiz yugurish.