QARSHI - 2021 Mazkur uslubiy qo‘llanmadan o‘rta ta’lim maktablarida hamda sport ta’lim muassasalarida Yengil atletika sport turi bilan shug‘ullanish uchun qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.
Taqrizchilar:
Sultonov Sh.U.
Qarshi davlat universiteti “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi mudiri. p.f.n. dotsent.
Arislonov I.T
Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri
Ushbu uslubiy qo’llanma Qarshi olimpiya zaxiralari kollejining
2021-yil 26-fevraldagi №4-sonli yig’ilish qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.
Har bir davlatning kuch va qudratini belgilovchi asosiy omil – bu jismonan sog’lom va har tomonlama rivojlangan avloddir. Sh.Mirziyoyev
SO’Z BOSHI
Futbol inson organizmiga har tomonlama ta'sir ko'rsatuvchi jismoniy va ruhiy funktsional takomillashuv vositasi sifatida mamlakat aholisining barcha qatlamlari, ayniqsa o'quvchi yoshlar orasida juda ommalashgan sport turi hisoblanadi. Shuning uchun bu sport turi o'quv reja va ko'p bosqichli musobaqalar dasturiga kiritilgan.
Ta'lim jarayoni tuzilmasida futbol, ta'lim starnartlari, o'quv reja va namunaviy o'quv dasturlarga muvofiq o'qitiladi. Futbol fanining maqsadi o'quvchilarni kasbiyamaliy, jismoniy tayyorgarlik asoslarini shakllantirish va takomillashtirishdir. Bunda albatta fanni kasbga yo'naltirilgan boshqa fanlar bilan integratsiyasini ta'minlash juda muhim.
Futbol o'quv-qo'llanmasi yuqorida keltirilgan vazifalarni hal etishga yo'naltirilgan va umumiy kurs sifatida jismoniy tarbiya oliy o'quv yurtlari va jismoniy tarbiya fakultetlari talabalariga mo'ljallangan. Unda futbolni vujudga kelishi va rivojlanish mohiyatlarini, hamda O'zbekistondagi hozirgi kundagi holati va rivojlanish dinamikasi ochib beruvchi o'quv-materiallar bayon etilgan. Bundan tashqari, o'yin texnikasi va taktikasining nazariy asoslari ko'rib chiqiladi va o'yinning texnik usullari, individual, guruh, jamoaviy taktik harakatlarni o'rgatish va takomillashtirish vosita va uslubiyatlarini o'ziga hos hususiyatlarini ochib berishga katta e'tibor berilgan. Jismoniy tayyorgarlik mazmun va mohiyati, sport maxoratiga ega bo'lishdagi jismoniy sifatlarning roli va rivojlantirish uslubiyatilariga tavsiflar berilgan.
Nashr ohirgi yillarda futbol nazariyasi va uslubiyati sohasida erishilgan yutuqlar, yetakchi tajribalar hamda sport trenirovkasining texnologik jihatlari samaradorligi ilmiy tadqiqot natijalariga tayanib tayyorlandi.