C. Bosh bilan uzoqlikka yo’naltirilgan zarbalar. To’pni o’z ustiga otib berib, peshonaning o’rta qismi bilan oldinga zarba berish (bosh bilan berilgan 3 ta zarbaning o’rtachasi hisoblanadi).
Birinchi bandga o’xshash, faqat zarba peshonaning yon qismi bilan beriladi.
D. Bosh bilan nishonga yo’naltirilgan zarbalar. To’pni o’z ustiga otib berib, 11 m masofadan turib peshonaning o’rta qismi bilan to’singa zarba berish. Baholash: o’yinchi hisob bo’yicha nechanchi zarbada to’singa tekkazganiga qarab baholanadi.
Birinchi bandga o’xshash, faqat zarba nishon aylanasiga peshonaning yon qismi bilan bajariladi, aylana markazidan bo’lgan masofa - 18 m.
Ikkala oyoqda to’p bilan jonglyorlik qilish, bosh bilan zarbalar berish, zarbalar soni hisoblanadi.
Murakkab texnik mashq.
Otib berilgan to’pni oyoq kaftining ichki tomoni yoki tashqi tomoni bilan yarim burilgan holda (180˚) to’xtatish, so’ng bir-biridan 1,5 m uzoqlikda qo’yilgan to’sinlarni aylanib o’tib, to’pni 10 marta olib yurish. Baholash: vaqt hisobga olinadi, lekin har bir o’tkazib yuborilgan to’sin uchun natijaga 1 sek qo’shib boriladi.
2.3. Texnika bo’yicha mashg’ulotlar
Texnikaga o’rgatish, uni takomillashtirish bir qancha omillarga, masalan, o’yinchilarning tayyorgarlik darajasi, o’quv-mashg’ulot jarayoni davri, to’plar soni, maydon holati va meteorologik sharoitlarga bog’liq.
Asosiy texnika usullari to’pni egallab olish texnikasining alohida elementlari hisoblanadi:
oyoqda zarba berish;
Agar yuqorida aytib o’tilgan usullarning bajarilishi bir-biridan ajralgan holda amalga oshirilsa, alohida texnika usullari qo’llaniladi.
Yangi boshlovchi futbolchilar o’quv-mashg’ulot jarayonida alohida texnika usullari, ayniqsa, u birinchi marta qo’llanilayotganda, o’rgatishning eng asosiy materiali hisoblanadi. Alohida texnika usullariga o’rgatish huddi shu tarzda o’tkaziladi. U yoki yaxlitlik, yoki bo’laklangan uslub yordamida amalga oshiriladi.
Asosiy texnika usullari nafaqat yangi boshlovchi futbolchilar mashg’ulotlarida, balki o’spirinlar va katta yoshdagi futbolchilar o’quv-mashg’ulot jarayonida ham qo’llaniladi. Usullarning bunday turlari shunisi bilan qulayki, ularni ko’p marta takrorlash orqali bu usullarni mahorat darajasiga ko’tarish mumkin.
Ular quyidagi ko’rinishda qo’llaniladi:
individual mashg’ulotlar;
juftlik mashg’ulotlari;
guruhli mashg’ulotlar.
Shuningdek, yordamchi o’quv-mashg’ulot jarayoni vositalari (to’sindevorcha, o’quv-mashg’ulot jarayoni devori, o’quv-mashg’ulot jarayoni koridori, to’plar osilgan rama va h.k.) kiritilishi mumkin.